Xorazm viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda, aholi orasida sanitariya epidemiologik hamda yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish hamda go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sotilishida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan hududlarda nazorat reyd tadbirlari olib borilgan.

Foto: IIV

Natijasida, Urganch tumanida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro M.B. ga tegishli bo‘lgan, veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz sotilayotgan jami 150 kg og‘irlikdagi iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan.

Qonunbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy jinoyat kodeksining 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.