Sobiq futbolchi Xorxe Valdano Kilian Mbappening Janubiy Amerika futboli haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Foto: Getty Images

Avvalroq fransiyalik futbolchi: “Janubiy Amerikada futbol Yevropachalik rivojlanmayapti. Oxirgi mundiallarda faqat yevropaliklar g‘alaba qozonmoqda”, — degandi.

Bu gap juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi, Mbappe hali futbolda haqiqatdan boshqa hamma narsani gapirish mumkinligini tushunmagan ko‘rinadi.

Yevropa futboli juda kuchli, ushbu qit’adagi istalgan jamoani mag‘lub etish qiyin masala. Argentina buni uddalay olishi mumkin, lekin jiddiy harakat qilish kerak bo‘ladi.

Yevropa jamoalari jismoniy jihatdan juda iste’dodli, taktik jihatdan juda kuchli va texnika jihatdan ham oldinda. Daniya, Belgiya, Shveysariya yuqori saviyadagi terma jamoalar hisoblanadi.

Xorxe Valdano, sobiq futbolchi

JCH—2022 guruh bosqichida argentinaliklar Polsha, Saudiya Arabistoni va Meksika bilan to‘qnash keladi.