Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrell, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo bosh vaziri Albin Kurtini Bryusselda muzokara o‘tkazishga taklif qildi. U uchrashuv sanasini 18-avgust deb belgilagan. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Men, Serbiya prezidenti Vuchich va Kosovo bosh vaziri Kurtini 18-avgust kuni Bryusselga Prishtina va Belgrad o‘rtasidagi vaziyatning oldinga siljish yo‘llarini muhokama qilish uchun taklif qilaman”, — deb yozgan siyosatchi o‘z Twitter’ida.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar iyul oyining oxirida keskinlashgan. Bunga (1-avgustdan boshlab) respublikaning  Kosovo shimolida yashovchi serblar uchun Serbiyada berilgan avtomobil raqamlari va shaxsiy hujjatlarini almashtirish talabi sabab bo‘lgan.

Keyinchalik bu choralar 1-sentabrgacha qoldirildi.

Serbiya prezidenti Kosovo bosh vaziri Albin Kurtini dunyodagi vaziyatdan foydalanishga urinayotgan “yangi Zelenskiy” deb atadi. Kosovo Bosh vaziri esa janob Vuchichni mintaqada keskinlik yaratishga ustalikda aybladi.

Mavzuga doir: Agar barqarorlik tahdid ostida qolsa, NATO Kosovo bilan bog‘liq vaziyatga aralashishga tayyor — Stoltenberg