“Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyaning “Bolonya”sida davom ettiradi.

Foto: Getty Images

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraga ko‘ra, bolonyaliklar Shomurodovni 10 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Eldor ma’lum ko‘rsatkichlarga erishgan taqdirda sotib olish huquqi majburiyatga aylanadi.

“Bolonya” 27 yoshli futbolchini sotib oladigan bo‘lsa 2027-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.

Avvalroq “Roma” erkin agent maqomidagi Andrea Belotti bilan shartnoma imzolash uchun Shomurodovni tezroq sotishni istayotgani xabar qilingandi.