Jizzax viloyati Baxmal tumanida 2-avgust kuni yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi shu kuni soat 11:00 da “Muzbuloq” mahallasi hududidan o‘tgan Dashtobod—Zomin—G‘allaorol 4R-40 avtomobil yo‘lining 107-kilometrida sodir bo‘lgan. Muzbuloq qishlog‘ida yashovchi haydovchi “Gaz-53” yuk mashinasida Zomin yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina yo‘lning chap tomoniga ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida mashina salonidagi yo‘lovchi tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.