MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi va kelajakda bunday harakatlardan saqlanishga chaqirdi.

Foto: “RIA Novosti”

"Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi meni juda xavotirga soldi. Bu yadroviy falokat xavfi haqiqiy ekanini ko‘rsatadi", - dedi Grossi shanba kuni qilgan bayonotida.

“Zaporojye AES xavfsizligiga tahdid soluvchi harbiy amaliyotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ularning har qanday holatda ham oldini olish kerak”, deb ta’kidladi MAGATE rahbari.

“Men barcha tomonlarni ushbu muhim yadroviy inshoot va uning oltita reaktori yaqinida maksimal darajada o‘zini tutishga chaqiraman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Juma kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi Zaporoye atom elektr stansiyasi va Energodar shahriga artilleriyadan zarba berganini ma’lum qildi.