“Kommersant” nashrining xabar berishicha, Ilon Mask agar ijtimoiy tarmoq o‘zi tekshirgan akkauntlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi dalillar keltirsa, Twitter’ni sotib olishga roziligini aytdi. Iyul oyida u Twitter botlar sonini oshkor qilishni istamagani uchun bitimdan voz kechayotganini e’lon qilgan edi.

Foto: Reuters

Agar Twitter 100 ta akkauntni tanlash usulini va ular qanday autentifikatsiya qilinganligini oshkor qilsa, bitim dastlabki shartlar asosida yopiladi. Biroq, agar ular yolg‘on gapirgani ma’lum bo‘lsa, hech qanday kelishuv bo‘lmasligi kerak, — deb yozadi janob Mask o‘z Twitter’ sahifasida.

Iyul oyi o‘rtalarida Twitter biznesmenni kompaniyani sotib olishni yakunlashga majburlash uchun sudga murojaat qilgan. Sud majlisi oktyabr oyiga belgilangan. Twitter milliarderning kelishuvdan chiqish bahonalarini “dalil va sog‘lom fikrga zid bo‘lgan sud jarayoni uchun uydirma hikoya” deb atagan.

Mavzuga doir: Ilon Maskning otasi o‘g‘lidan faxrlanmasligini aytdi