O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma loyihasi matni bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, 25-iyul—5-avgust kunlari Olma-ota shahrida O‘zbekiston—Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma loyihasining matni bo‘yicha kelishuvga erishildi va chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari jamlanmasini shakllantirish yakunlandi.

Navbatdagi uchrashuv diplomatik kanallar orqali kelishilgan sanada O‘zbekistonda tashkil etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi