O‘zbekistonda 2015-yildan beri qidiruvga berilgan fuqaro Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Romitan tumani “Xosa” mahallasida ro‘yxatda turib yashagan E.H. (1977-yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir necha moddalari: 155-moddasi (terrorizm) 1-qismi, 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 3-qismi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 3-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi, 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2015-yildan beri qidiruvga berilgan.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida u Turkiyada yashirinib yurgani aniqlangan va Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ushlangan.

Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Mavzuga doir: