Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 11-turi doirasida “Dinamo” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: PFL

Uchrashuvning 30-daqiqasida qarshiliklar Alen Masovichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Husayn Norchayev penaltini golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda qarshiliklar yana ikki bor raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Dilshod Saitov va G‘olib G‘aybullayev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Mazkur o‘yindan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: PFL

Superliga

11-tur bahsi

7-avgust, yakshanba

“Dinamo” — “Nasaf” 0:4

Gollar: 0:1 – 30 Masovich, 0:2 – 45, penalti Norchayev, 0:3 – 52 Saitov, 0:4 – 79 G‘aybullayev.

“Dinamo”: 35. Aslonbek Ahrorov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Shohruhbek Abdurahmonov, 10. Shohmalik Komilov (22. Abdujamol Isroilov, 57), 15. Jo‘rabek Mannonov, 20. Jasur Jumayev, 21. Shohruh Mahmudxojiyev ( 14. Shokir Yo‘ldoshov, 57), 31. Saydullo Rahmatov, 78. Elguja Grigalashvili (70. Oybek Nurmatov, 77), 88. Yevgeniy Chumak ( 30. Jasurbek Umarov, 77), 97. Faxriddin Alimov ( 9. To‘lqin Ergashev, 83).

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Dilshod Saitov ( 2. Alibek Davronov, 73), 10. Husain Norchayev (19. Lima Kruz Mateus, 75), 14. Alen Masovich, 18. Bahrom Abdurahimov (6. Murodbek Rahmatov, 75), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev (4. Husniddin Aliqulov, 73), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (7. Sharof Muhitdinov, 73), 92. Umar Eshmurodov.

Ogohlantirish: Yo‘ldoshev (48).