Yahoo News-YouGov so‘roviga ko‘ra, ko‘pchilik amerikalik saylovchilar AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden yoki AQSHning sobiq rahbari Donald Trampning ikkinchi muddatga saylanishi mamlakat uchun “eng yomon” variant bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: CNN

Unga ko‘ra, respondentlarning 37 foizi Trampning 2024-yilda qayta saylanishini mamlakat uchun “eng yomon” variant deb hisoblasa, 35 foizi Bayden haqida ham shunday fikr bildirgan.

Qayd etilishicha, Trampning qayta saylanishiga qarshi chiqqanlar orasida — demokratlarning 85 foizi va respublikachilarning 25 foizi. Baydenning ikkinchi prezidentlik muddatiga qarshi — demokratlarning 43 foizi va respublikachilarning 84 foizi tashkil etadi.

Shu bilan birga, respondentlarning 39 foizi Trampni, 41 foizi Baydenni qo‘llab-quvvatlagan.

Ayni paytda, demokratlarning atigi 30 foizi, agar Bayden nomzodini qo‘ymasa, vitse-prezident Kamala Xarris o‘zini nomzodini ko‘rsatgan taqdirda, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Saylovchilarning 52 foizi esa Demokratik partiyadan boshqa birovning nomzodi bo‘lishini xohlagan.

Ayni paytda respublikachilarning 44 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, so‘rovda qatnashganlarning taxminan uchdan bir qismi gubernator Ron DeSantisni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni ma’qullagan.

28-iyuldan 1-avgustgacha o‘tkazilgan so‘rovda 1557 nafar amerikalik katta yoshlilar ishtirok etdi.

Mavzuga doir: CNN: Demokratlarning atigi 25 foizi Baydenning ikkinchi muddatga saylanishini istaydi