PSY va uning Gangnam Style taronasi 2012-yilda radioni yoqqan yoki hech bo‘lmaganda internetga bir ko‘z yugurtirgan har bir kishi yodida bo‘lsa kerak. Ko‘pchilkni hayratda qoldiradigan qo‘shiq kuylagan energiyaga boy koreys xonandasi PSY to‘satdan paydo bo‘lganidek, birdaniga ko‘rinmay qoldi. Xo‘sh, u bugungi kunda nimalar bilan band, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Foto: The Voice Mag

Bittagina Gangnam Style qo‘shig‘idan asl ismi Pak Che Sanbo‘lgan PSY deyarli besh million dollar ishlab topgan va bugungi kunda ham ko‘rishlar soni ortib bormoqda. 2012-yilda bir necha oy ichida YouTube platformasida namoyish etilgan ushbu klip milliard martadan ortiq ko‘rilgan va bu mutlaq jahon rekordiga aylangan. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 4,5 milliard martaga yaqinlashmoqda.

Seullik xonandaning katta muvaffaqiyati ta’sirida, platforma hatto o‘zining dastur kodini qayta kiritishga majbur bo‘ldi. Chunki dastlab YouTube bunday aqlbovar raqamlarni hisobga olish uchun mo‘ljallanmagandi. Qo‘shiqning o‘ziga xosligi uning koreys tilida ijro etilgani bilan yanada ortdi. Bu Seulning eng zamonaviy tumani bo‘lgan Kannamgu aholisining jargon ifodasi bo‘lib, u eng yuqori darajadagi maishiy hashamatni anglatadi.

Foto: Pinterest

PSY 1977-yilda boy osiyolik oilalardan birida tug‘ilgan: otasi seullik katta tadbirkor, onasi restoranlar tarmog‘ining egasi. Pak Che jahonga mashhur bo‘lishidan oldin oila boyligining katta qismini sarflashga va ota-onasining asabiylashishiga muvaffaq bo‘lgan. PSY haqida yana marixuanaga ega bo‘lgani uchun hibsga olingani sababli hurmatli bobosining dafn marosimida ishtirok eta olmaganini aytib o‘tish mumkin. Qolaversa, u harbiy xizmatdan qochgan, yetuk bo‘lmagan yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani tufayli Janubiy Koreyada uning albomlari rasman taqiqlangan. Bir so‘z bilan aytganda, PSY mana shu vaziyatda ham Gangnam Style orqali rekord natijalarni qayd etdi.

Foto: Pinterest

Shuningdek, ushbu klip PSY karyerasining erishib bo‘lmaydigan cho‘qqisi bo‘lib qoldi, ammo u yana bir nechta muvaffaqiyatli xitlarni chiqardi va 2018-yilda esa xonanda to‘satdan ko‘rinmay qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, bunga 2010-yildan beri Pak Che San vakili bo‘lgan YG Entertainment bilan shartnoma bekor qilingani sabab bo‘lgan. Xonanda keyinroq o‘z agentligini tashkil etgan bo‘lsa-da, lekin negadir u qo‘shiq kuylashni to‘xtatdi.

Foto: The Voice Mag

So‘ngra u Los-Anjelesdagi Beverli-Xillz hududiga violonchel chaladigan rafiqasi Yu Xyo Yon va egizak qizlari bilan joylashdi. U hech kimga intervyu bermadi va juda yopiq tarzda hayot kechirdi.

2022-yil bahorida uning yangi “To‘qqizinchi” nomli albomi chiqdi. Albomdan BTS guruhidan Suga bilan hamkorlikda yozilgan ThatThat qo‘shig‘i ham o‘rin olgan. Allaqachon, Pak Che yangi dastur bilan Janubiy Koreya bo‘ylab gastrollarda stadionlarni muxlislar bilan to‘ldirib, konsert bermoqda.

Afsonaviy koreys xonandasining tashqi ko‘rinishida umuman o‘zgarish yuz bermagan va uning energiyasi hali ham yuqori darajada. Muxlislar esa videoga shunday izohlar yozgan: “PSY haqiqiy afsona, u hech qachon bizni xafa qilmaydi”, “Hech kim bu konsertni telefon bilan suratga olmadi, hamma maroq bilan uni tingladi”, “Aqlbovar qilmaydi, PSY'ning konserti haqiqatan ham naqadar sehrli ekanini bilmaysiz”.