Italiyaning Po daryosidan Ikkinchi jahon urushi davridagi suv ostida qolgan bomba topildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Foto: Reuters

Harbiy ekspertlar 25-iyul kuni Italiyaning eng uzun daryosi shimolidagi Borgo Virgilio qishlog‘i yaqinida topilgan 450 kilogrammli bombani zararsizlantirib, portlash jarayonini o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Bomba qurg‘oqchilik tufayli suv sathining pasayishi oqibatida Po daryosi qirg‘og‘ida baliqchilar tomonidan topildi, — deydi polkovnik Marko Nasi.

Yaqin atrofda yashovchi 3 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Hududning havo hududi yopildi va suv yo‘lining ushbu qismida navigatsiya, shuningdek, yaqin atrofdagi temiryo‘l va davlat yo‘lidagi harakatlar to‘xtatilgan.

Armiyaning ma’lum qilishicha, sapyorlar AQSHda ishlab chiqarilgan qurilmadan sug‘urtani olib tashlagan, unda 240 kilogramm miqdordagi portlovchi moddalar ham bo‘lgan. Keyinroq ular politsiya hamrohligida qurilmani Medol munitsipalitetidagi karerga yetkazgan.

Foto: Reuters

O‘tgan oy Italiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uchdan bir qismini tashkil etuvchi va so‘nggi 70 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan Po daryosi atrofidagi hududlarda favqulodda holat e’lon qilindi.

Avvalroq esa Myunxenda Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan bomba portlab, to‘rt kishi jarohatlangan edi.