Ishlatilgan narsalarga oqilona yondashish nafaqat hamyonga foyda keltiradi, balki tejamkor bo‘lish, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni tashlab yubormaslik, tabiatni asrash demakdir.

AdMe nashri tabiatga kamroq chiqindi ishlab chiqarishga yordam beradigan amaliy ishlar aks etgan suratlar bilan o‘rtoqlashadi.

Grilda pishirilgan tovuq idishidan kichkina issiqxonani yaratish mumkin.

Foto: AdMe

“Xizmat safarida quyoshda qattiq kuydim va maxsus mahsulotli sprey o‘rniga aloe sotib oldim”

Foto: AdMe

“Menda bir qancha limon va laym bor edi, ularni yeyishga ulgurmasdim. Blogerlarning ichimliklar uchun sharbatni muzlatish haqidagi layfxakini ko‘rib qoldim”

Foto: AdMe

“Uzoq vaqt davomida yugurish paytida uy kalitini ishonchli ushlab turadigan narsa qidirib internetni kezib chiqdim. Keyin menda bir narsa borligini esladim”.

Foto: AdMe

“Men ko‘p vazn yo‘qotdim, natijada garderobimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. Eski kiyimlarimni tashlab yuborishni xohlamadim — 11 ta leggins, 9 ta top va 1 yubkadan shu narsani to‘qidim”.

Foto: AdMe

“Eski ramkalardan gerbariyli panno sifatida foydalanishni yaxshi ko‘raman”

Foto: AdMe

“Sevimli mashg‘ulotimdan foydalangan holda qayta ishlatish mumkin bo‘lgan pol latta yasashga qaror qildim”

Foto: AdMe

“Men har hafta makiyaj tozalovchi salfetkalar sotib olardim. Bir necha soatlik ish, eski yuz sochiqlari — ham pul tejayman va ham sayyorani qutqaraman”.

Foto: AdMe

“Ba’zilar uchun bu tushunarsiz tuyulishi mumkin, lekin men bolalarim oxirigacha yemagan mevalarni muzlatib qo‘yaman, keyin ulardan smuzi tayyorlayman”.

Foto: AdMe

“Men ko‘chyapman va idishlarni o‘rash uchun eski futbolkalardan foydalanaman”.

Foto: AdMe

Kofe qolib ketdimi? Keyingi safar sovutish uchun uni kub shaklida muzlatib qo‘ying.

Foto: AdMe

Qolgan ovqatni o‘rab, muzlatib qo‘ying. Shunda har doim qo‘lingizda turli xil nachinkali pirog bo‘ladi.

Foto: AdMe

Qadimgi idishlardan chiroyli vaza va shamdonlar yasash mumkin.

Foto: AdMe