6-avgust kuni kechqurun Xitoy janubi-sharqidagi Futszyan provinsiyasida Vanan ko‘prigi yonib ketdi, deb yozadi “RBK”. Alanga o‘chirildi, ammo ko‘prik korpusi yonib, so‘ng qulab tushdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Yonayotgan Vanan ko‘prigi

Foto: The Paper

Yong‘in sabablari hozircha aniqlangani yo‘q. Pekin universitetining qadimiy me’morchilik bo‘yicha eksperti Syuy Yao Global Times nashriga ma’lum qilishicha, yong‘inga, katta ehtimol bilan, inson omili sabab bo‘lgan.

Vanan mamlakatda saqlanib qolgan eng uzun yog‘och ko‘prik edi. Uning uzunligi 98,2 metrga, kengligi 4,7 metrga teng bo‘lgan. Vananning beshta tayanch ustuni va oltita arkasi bo‘lgan, shuningdek, unda 38 ta yo‘lak uylari bo‘lgan.

Vanan ko‘prigi yong‘indan avval

Foto: The Paper

Ushbu ko‘prik Sun sulolasi davrida (960—1127-yillar) qurilgan, uning yoshi 900 dan oshadi. Sin sulolaisdan imperator Kansi hukmronligi davrida (1709-yil) u bir marta yoqib yuborilgan, 30 yildan keyin esa Aysingyoro Xunli hukmronligi paytida esa (1742-yil) ko‘prik qayta qurilgan va undan keyingi sulolalar davrida ta’mirlangan.