Credit House kompaniyasi tayyor va qurilayotgan uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan xonadonlarni 5 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov yoki 10 yilgacha minimal foizli ipoteka shartlari asosida xarid qilishingiz mumkin.

Bugungi kunda, Credit House kompaniyasi “Yunusobod” turar joy majmuasi joylashgan xonadonlarni taklif etmoqda

“Yunusobod” turar joy majmuasi– qulay hayot falsafasi

“Yunusobod” turar joy majmuasi shaharning eng qulay va ko‘rkam qismlaridan birida joylashgan. Majmua zamonaviy standartlarga mos keladigan sifatli qurilish materiallaridan bunyod etilgan. Uylar ajoyib sharqona uslubda qurilgan. Majmuaning tashqi va ichki ko‘rinishi hech kimni befarq qoldirmaydi.

“Yunusobod” turar joy majmuasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan. Ushbu hudud azaldan xotirjamligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Majmua yaqinida kafe, restoran, do‘konlar, supermarketlar, ikkita metro stansiyasi bor. Shuningdek, bolalar uchun majmuaga juda yaqin hududda maktablar, bog‘chalar va o‘quv markazlari ham mavjud.

Ichki hovlida ko‘rkam favvora o‘rnatilgan, sayr uchun yo‘lakchalar va gulzorlar barpo etilgan, daraxtlar ekilgan. Majmua atrofi to‘liq o‘ralgan. Hovlilar va binolar 24 soatlik video kuzatuv va qo‘riqlash xizmati tomonidan nazorat qilinadi. Uylarning seysmik qarshiligi 8 ballni tashkil etadi. Bu yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday zilziladan himoya qilish uchun yetarli.

Credit House yordamida orzularingizni ro‘yobga chiqaring!

Hozirda, 75 kvadrat metr uchun to'lov qiling, 90 kvadrat metr maydon va terrasani sovg'a sifatida qo'lga kiriting! Bizda xonadon sotib olish uchun 60 oyga (5 yil) foizsiz to'lov qilishning ham maxsus dasturi mavjud!

Sizga quyidagi xonadonlarni taklif etamiz!

1 xonali 28,2 kvadrat metrli xonadon uchun:

  • dastlabki to'lov 101 million 500 ming so'm;
  • har oylik to'lov 3 million 900 ming so'mdan.

2 xonali 53,7 kvadrat metrli xonadon uchun:

  • dastlabki to'lov 193 million 300 ming so'm;
  • har oylik to'lov 7 million 500 ming so'mdan.

Siz ushbu xonadonlardan birini tanlashingiz va foydali shartlar bilan foizsiz muddatli to‘lov yoki ipoteka krediti asosida xarid qilishingiz mumkin.

Credit House’dan orzuingizdagi xonadonni 30 foiz boshlang‘ich to‘lov asosida xarid qiling va to‘lovning qolgan qismini foizsiz muddatli to‘lov yoki minimal foizli ipoteka asosida amalga oshiring.

  • Foizsiz muddatli to‘lov – 5 yilgacha.
  • Ipoteka – 10 yilgacha.

Barcha savollarga javob olish uchun Credit House kompaniyasining savdo bo‘limiga murojaat qiling.

Telefon: +99871 203 70 08

Savdo bo‘limi manzili: Tashkent shahri, Shota Rustaveli ko’chasi 12A.

Telegram:  https://t.me/oltinhouse

Facebook: https://www.facebook.com/CHtashkent

Reklama huquqi asosida.