Salomatlikni yaxshilashning eng oson yo‘li — tuz iste’mol qilishni kamaytirishdir. Oziq-ovqat tarkibidagi tuz miqdorini qanday nazorat qilish kerak va bunda qanday mahsulotlar yordam beradi?

Foto: Getty Images

No‘xat va loviya

Dukkakli ekinlarda mavjud bo‘lgan protein va kletchatlar sog‘lom vazn va yurak sog‘lig‘ini saqlash uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, dukkaklilarning barchasi xolesterinni o‘z ichiga olmaydi. Konservalanganlardan ko‘ra quritilgan mahsulot tavsiya qilinadi: pishirish uchun ko‘proq vaqt ketsa-da, konservalangan loviya yoki no‘xat tarkibida ko‘p miqdorda tuz va shakar bo‘ladi.

Meva

Ko‘pgina mevalarda tuz umuman yo‘q yoki juda kam. Bundan tashqari, yangi mevalar kletchatlarga boy, shuningdek, vitaminlar, mikroelementlar va yallig‘lanishni kamaytiradigan va tanamiz hujayralarining erkin radikal hujumidan tiklanishiga yordam beradigan foydali antioksidant birikmalar bor. Ammo qonda qand miqdori yuqori bo‘lsa, mevalarni ehtiyotkorlik bilan tanlang: ularning ko‘pchiligi glyukozaga boy, bu siz uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Yogurt

Yogurt nafaqat normal ovqat hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, balki yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi. Lekin shakar u yoqda tursin, qo‘shimchalarsiz tabiiy yogurtni tanlash muhim.

Sabzavotlar

Meva va sabzavotlar tarkibida xolesterin va qon bosimini tushirishga yordam beradigan muhim oziq moddalar mavjud. Yashil loviya, bodring, baqlajon, sarimsoq va qovoq kabi sabzavotlarda tabiiy tuz mavjud emas. Ularni tez-tez iste'mol qiling, lekin pishirganda kamroq tuz qo‘shishga harakat qiling.

Yormalar

Deyarli barcha donli mahsulotlar tarkibida uglevodlar mavjud bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida to‘q his qilishingizga yordam beradi, shuningdek, sog‘lom qondagi qnd balansini saqlab qoladi. Albatta, pishirish jarayonida kamroq tuz qo‘shishga harakat qiling.

Ko‘kat va ziravorlar

Ovqat pishirganda kamroq tuz ishlatmoqchimisiz? Unda ko‘proq ko‘kat va ziravorlar qo‘shing. Bundan tashqari, ko‘pchilik ziravorlar va xushbo‘y o‘tlar turli xil foydali birikmalarni o‘z ichiga oladi, ularning ba'zilari yurak salomatligini yaxshilaydi.