O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Abdulaziz Komilov 8-avgust kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxonga telefon qildi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ularni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb vaziyatlar yuzasidan fikr almashilgan.