Oliy Majlis Senatining 2022-yil 10-avgustdagi tegishli qarorlariga muvofiq Kozim Komilov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi lavozimiga saylandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, Kozim Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylangan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga Kozim Komilov nomzodini taklif etgani xabar qilingandi.