Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi Nexia-3 avtomobilning kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: E-auksion

Davlat raqami 85 461 TAA bo‘lgan avtomobil avariya oqibatida texnik nosoz holatga kelib qolgan. 

Auksionga qo‘yilgan Nexia-3 ning boshlang‘ich bahosi 24,8 mln so‘m edi. U kimoshdi savdosida Rustamxon Xo‘jayevga 39,7 mln so‘mga sotildi. 

Avvalroq auksionga qo‘yilgan eng arzon va eng qimmat avtomobillar ro‘yxati aniqlangan edi.