Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24 so‘mga ko‘tarilib, 10 904,29 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,58 so‘mga oshib, 11 152,91 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,35 so‘mga pastlab, 180,31 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pastlashdan keyin ko‘tarilib, 10 880,29 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.