Agar taxtakachlar, plastik idishlarni yuvish vositalari bilan qayta-qayta tozalaganingizdan keyin ham unda oziq-ovqat hidi bo‘lsa, ularni chiqindiga tashlashga shoshilmang. Quyida ulardagi yoqimsiz hidni uy sharotida bartaraf etishning bir nechta usullari keltiriladi.

Iste’mol sodasi

Oziq-ovqat qoldiqlari mavjud bo‘lgan idishini bo‘shating va sovuq suvda yuving, chunki issiq suv shaffof plastmassada yoqimsiz hid, dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shundan so‘ng idishni iliq suv bilan to‘ldiring, unga bir choy qoshiq soda qo‘shing, idishni qopqoq bilan yoping va bir kecha qoldiring. Ertalab yana sovuq suv bilan yuvib tashlang. Bunday protsedura idishlarni asl ko‘rinishiga qaytarish uchun yetarli bo‘ladi.

Limon

Yoqimsiz hidlarni limon yordamida yo‘qotish mumkin. Idishning hamma joyiga bir bo‘lak limonni surting va 30-40 daqiqaga qoldiring. Shu bilan bir qatorda, konsentrlangan limon kislotasi eritmasidan ham foydalanishingiz mumkin.

Vanilin ekstrakti

Vanilin ekstrakti plastik idishdagi yoqimsiz hidlarni yashirishi mumkin bo‘lgan yoqimli hidga ega va uni uzoq muddat saqlanib tura oladigan mahsulot. Idishni suv bilan to‘ldiring, unga bir necha tomchi vanilin ekstraktini qo‘shing va suyuqlikni bir necha soatga qoldiring, idishni qopqoq bilan mahkam yoping. Keyin plastmassani toza suv bilan yuving.

Sirka kislotasi

Sirka kislotasi yoqimsiz hidlarga qarshi kurashda eng samarali vositalardan biridir. Plastik idishlarga sirka kislotasini solib bir kecha qoldiring, keyin ularni sovuq suvda yuving. Agar kerak bo‘lsa, protsedurani yana takrorlang, shundan keyin hech qanday hid ham, dog‘ ham qolmaydi.

Ko‘mir

Avvaldan qolib ketgan hidlarni konteyner ichiga bir parcha ko‘mir (yoki bir nechta bo‘lak) solish orqali yo‘qotish mumkin. Plastik idishlarga ko‘mir soling va qopqog‘ini mahkam yoping va idishni bir necha kunga qoldiring. Ushbu protseduradan so‘ng plastmassa yanada yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Foto: “Noviy ochag”

Tuz

Tuz yoqimsiz hidlarni o‘zlashtiradigan tabiiy changni yutish vositasidir. Idishni tuz bilan to‘ldiring, ustini qopqoq bilan yoping va bir yoki ikki kunga qoldiring. Keyin idishlarni iliq suvda yuving.

Xlorli oqartiruvchi

Xlor nafaqat plastmassani dezinfeksiya qilish, balki yoqimsiz hidlarni yo‘qotish uchun ham qo‘llaniladi. Idishlarni suv bilan namlab oqartiruvchi surting va 3-4 soatga qoldiring. Shundan so‘ng, idishlarni bir necha marta toza suv bilan yuvib tashlang. Agar idishlar hali ham oqartiruvchi hidi bo‘lsa ularni issiq suvga soling. Xavotir olmang, vaqt o‘tishi bilan hid yo‘qoladi va siz ovqatni yana bu idishlarda saqlashingiz mumkin.

Gazeta

Oddiy gazetalar yoqimsiz hidlarni mukammal darajada o‘zlashtiradi. Gazetaning bir nechta varaqlarini mayda bo‘laklarga bo‘ling, ularni to‘psimon shaklga keltiring va idishlarni ular bilan to‘ldiring. Idishni qopqoq bilan yoping va bir necha kunga qoldiring. Vaqt o‘tib barcha yoqimsiz hidlar yo‘qoladi.

Siyoh izlarini olib tashlash uchun protseduradan keyin idishlarni yuvish vositasi bilan yaxshilab yuvishni unutmang, ushbu modda zaharli bo‘lishi mumkin.

Kofe

Maydalangan qahva yoqimsiz hidlar bilan samarali kurashadi. Idishni qahva donachalari bilan ishqalang, uni qopqoq bilan yoping va bir kechaga qoldiring. Keyin idishlarni yuvish vositasi bilan yuving. Maydalangan qahva xushbo‘y hidlarni yangi qahva donachalariga qaraganda yaxshiroq singdiradi.

Quyosh nuri

Oziq-ovqat plastmassasidan yoqimsiz hidlarni yo‘qotishning eng oson usullaridan biri — quyoshda idishlarni “isitish”dir. Quyosh nurlari ko‘p tushayotgan joylarni tanlang va shu yerga idishlarni joylashtiring. Bu eng yaxshi ochiq havoda amalga oshirilishi kerak — shamol va quyosh nurlari plastmassani asl ko‘rinishiga qaytarishga va neytral hidga kelishiga yordam beradi.

Ko‘p qavatli uylarda bu ishni amalga oshirish qiyinroq. Biroq idishlarni derazasi janub tomonga qaragan xonangizga qo‘ysangiz bo‘ladi.

Mavzuga doir: