Qahvani ko‘pchilik tetiklantiruvchi ichimlik sifatida ichadi. Ammo uning zararli tomonlari ham mavjud. Grazia nashri qanday holatlarda ushbu ichimlik organizm uchun xavf tug‘dirishi haqda ma’lumot berib o‘tdi.

Foto: Pinterest

Yurak-qon tomir kasalliklari

Yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadiganlarga qahva ichishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Gap shundaki, kofein qon bosimi va yurak urish tezligini vaqtincha oshirishi mumkin. Mutaxassis esa tetiklantiruvchi ichimlikning organizm uchun qanchalik xavf tug‘dirishi haqda to‘liq tushuntiradi.

Homiladorlik

British Journal of Medicine jurnalida chop etilgan 2020-yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, homiladorlik davrida kofein iste’mol qilish xavfli emas. Ammo Amerika akusherlik va ginekologlar kolleji boshqacha fikrda. Abort ehtimoli va erta tug‘ruq xavfini kamaytirish uchun ular homilador ayollarga qahva iste’molini 200 milligrammgacha cheklashni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, qahva emizish davrida ham mumkin emas. “Kofein tufayli emizikli ona suvsizlanish xavfi ostida qolishi mumkin, degan xavotir bor. Amerika homiladorlik assotsiatsiyasi homiladorlik va emizish davrida kofeindan voz kechishni tavsiya qiladi”, — deydi tibbiyot fanlari doktori Enjel Planells.

Xavotir hissi

Kofein tashvish hissini kuchaytiradigan vositadir. Natijada ba’zi odamlar uyqusizlik, bosh og‘rig‘i va yurakning tez urishi kabi alomatlarini boshdan kechiradi. Agar muntazam ravishda vahimaga tushish kuzatilsa, qahva ichishni kamaytirish yoki to‘xtatish kerak.