Sochlarni keratin bilan tekislash — bu to‘lqinli yoki jingalak tolalarni cho‘zish, ularga chiroyli ko‘rinish imkonini beruvchi protsedura. Homiladorlikda sochlarni keratin bilan tekislashning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Quyida shu haqda ma’lumot beriladi.

Sochlarni keratin bilan tekislash qanday jarayon?

Foto: “Yandeks.ru”

Keratin tabiiy ravishda soch follikulalarida mavjud bo‘lgan oqsildir. U sochlarning silliq bo‘lishi va tekis ko‘rinishi uchun xizmat qiladi. Ayrim sochlarda keratin kam, shuning uchun ular namlikka ko‘proq moyil bo‘ladi. Keratin miqdorini yetarli darajaga keltirish oqsil yetishmasligini oldini oladi va sochlarning ko‘rinishini yaxshilaydi.

Kosmetik protsedura paytida keratin asosidagi kompozitsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri soch tolalariga qo‘llaniladi.

  • Ushbu protsedura vegetarianlar uchun mos emas: sochlarni keratin bilan tekislash uchun odatda hayvonlarning patlari, tuyoqlari, junlari va shoxlaridan olingan keratinni o‘z ichiga olgan kosmetika mahsulotlari ishlatiladi.

Ammo muqobil vositalar ham mavjud, masalan, laboratoriya sharoitida qayta tiklash natijasida sintezlangan keratin asosidagi mahsulotlar ham bo‘ladi. Ularning tarkibida keratin mavjud, biroq u sun’iy ravishda ishlab chiqariladi, shuning uchun ushbu mahsulotdan vegetarianlar sochni parvarish qilish uchun foydalanishi mumkin.

Foto: AdMe

  • Keratin qo‘llanilgandan so‘ng, sochlarning yaxshi holatga kelishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun boshni protseduradan 3-4 kun o‘tgach yuvish mumkin.
  • Shunda keyin sochlarni faqat sulfatlarsiz shampun bilan yuvish tavsiya etiladi.
  • Keratin bilan tekislangan soch tolalari havo namligiga va yomg‘irga qaramay, holatini yo‘qotmaydi.
  • Soch tolalari ikki yarim oygacha shaklini saqlaydi, shuning uchun protsedura 12 haftada takrorlanadi. Agar bu protsedurani yiliga 3 martadan ortiq qilsangiz, sochingizga zarar yetkazishingiz mumkin.

Oqartirilgan sochlarni keratin bilan tekislash mumkinmi?

Foto: AdMe

Sochlarni keratin bilan tekislash rangli sochlarda amalga oshirilishi mumkin. Biroq shunday holatda ushbu ko‘rsatmalarga amal qiling:

  • Jarayondan keyin sulfatsiz shampun va konditsionerdan foydalaning.
  • Sochingizni haftasiga 1-2 marta yuving. Qolgan vaqtda sochlaringizni oddiy suv bilan yuvib, keyin konditsionerni qo‘llashingiz mumkin.
  • To‘lqinli, jingalak sochlar uchun tuzli eritmadan foydalaning.
  • Sochni bo‘yash va kesishdan keyin, uchlari kuchli va sog‘lom bo‘lganda, keratin bilan tekislang. Agar siz ularni allaqachon tekislagan bo‘lsangiz, bo‘yashdan oldin taxminan 15 kun yoki bir oy kutgan yaxshiroq.

Sochlarni keratin bilan tekislash ularning mo‘rtlashishiga olib keladi (shuning uchun har kuni sochni tekislash zararli). Keratinning o‘zi soch tolasini mustahkamlovchi va uni yanada elastik qiladigan restorativ vosita hisobalanadi. Yiliga uch martadan ko‘proq keratindan foydalansangiz, sochlaringizga zarar yetkazishingiz mumkin.

Go‘zallik salonlarida sochni keratin qildirishda xavf ko‘p soch mahsulotining bir qismi bo‘lgan formaldegid bilan bog‘liq. Bu muntazam ravishda ishlaydigan insonlarda sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.  Shu sababli, mahsulot tarkibida formaldegid mavjudligi birinchi navbatda go‘zallik saloni yoki sartaroshxona xodimlari uchun, kamroq darajada ularning mijozlari uchun xavflidir.

Ko‘plab keratin mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar formaldegid miqdori yetarli darajadan oshmasligini aytadi. Mahsulotlar qo‘llanilganda, kompozitsiyaga, ingredientlar nisbatiga va ularning xavfsizligiga e’tibor qaratish kerak.

Foto: “Yandeks.ru”

Homilador ayollar sochlarini keratin bilan tekislashi mumkinmi?

Homilador ayollarga kosmetik mahsulotlar tarkibida mavjud bo‘lgan kuchli kimyoviy moddalar tufayli sochlarni keratin qilish tavsiya etilmaydi. Ayollar farzand tug‘ilgandan so‘ng sochlarini keratin qildirishi mumkin. Biroq mutaxassislar mahsulot tarkibida xavfli moddalar bo‘lsa keratin qildirmaslikni maslahat beradi. Bundan tashqari, sochlaringiz mo‘rt va shikastlangan bo‘lsa mutaxassis bilan maslahat qilgan ma’qul.

  • Agar mahsulot tarkibida soch tolalariga zarar beruvchi agressiv kimyoviy moddalar mavjud bo‘lmsa soch nanoplastiklari keratinga yaxshi moslashadi. Buning o‘rniga ular tabiiy ingredientlar, kislotalar va yog‘lar bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu holatda ham homiladorlikning dastlabki 20 haftasida har qanday salon protseduralaridan voz kechish tavsiya etiladi.
  • Namlash uslubini ham sinab ko‘rishingiz mumkin, buning uchun nam sochlarga konditsioner surting, ustiga dush qopqog‘ini qo‘ying, 10 daqiqaga qoldiring, keyin suv bilan yuving. Bu sog‘liqqa zarar bermasdan sochlaringizga yanada toza ko‘rinish beradi.
  • Guruch suvi uyda sochni parvarish qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. U sochlarning sog‘lom ko‘rinishini qaytaradi, ularni silliq va porloq qiladi, bosh terisi holatini yaxshilaydi.

Mavzuga doir: