Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,02 so‘mga pastlab, 10 911,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 51,76 so‘mga tushib, 11 237,25 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,37 so‘mga pastlab,  178,94 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 10 922,03 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, rubl kursi o‘zgarishsiz qolgandi.