Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Durdona Qurbonova Xitoyda ishlab chiqarilgan, narxi 32 ming dollarga teng bo‘lgan Aeolus a60 max avtomobilini sotib oldi.

Shuningdek, u tez kunlarda yangi taronasini premyera qilishini ma’lum qildi.

Aktrisa yangi mashinasi bilan tushgan suratini ham sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Yulduz Rajabova Turkiyadagi kosmetologiya markazida tushgan suratini sahifasiga joyladi va u yerdagi kosmetolog bilan uchrashganidan mamnun bo‘lganini aytdi.

Foto: Instagram

Aziz Rametov sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi videosini joyladi. Videoda aktyorning rafiqasi homilador ekanini ko‘rish mumkin.

Bahora Arslonova sahifasiga Samarqandda to‘y xizmatlarining birida tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva 12-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. U tug‘ilgan kunida yana bir bor nevarali bo‘lishini, ya’ni qizi Raxshona ham farzand kutayotganini ma’lum qildi.

Tiktoker, instabloger hamda cover qo‘shiqlar ijrochisi Baby Mohi YouTube kanaliga maxsus kumush yorlig‘i berilganini ma’lum qildi. Baby Mohi muxlislariga uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u tez orada YouTube’da obunachilari bir million bo‘lishiga umid bildirgan.

Foto: Instagram

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova uning dizaynerlik akademiyasida o‘g‘il bolalar ham tahsil olishini muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev sahifasiga tor bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i Emrah bilan Gaziantep shahrini sayr qilayotgani aks etgan videoni namoyish qildi.

Turk aktrisasi Eda Eje sahifasiga sevgilisi bilan tushgan suratini joyladi va surat ostiga ularning munosabatlariga uch yil to‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali bilan besh yil birga yashagan uydan ko‘chib ketganini ma’lum qildi. Aktrisa bu uy bilan bog‘liq xotiralari haqida muxlislariga aytgan.

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Hosila Rahimova raqsga tushgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Aktrisa va so‘nggi vaqtlarda o‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan Dilnoza Kubayeva sahifasiga yangi ko‘rinishdagi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Gulasal Abdullayeva Rossiyada ishlab qaytgan qaynonasining tug‘ilgan kunini nishonlayotgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.

Hindistonlik taniqli dizayner Gauri Xon aktrisa Katrina Kaif bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Instabloger Maryam Tillayeva dugonasi bilan Magic City’da sayr qildi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi imijda ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda telefonini hali ham topmagani haqida muxlislariga aytdi.

Mavzuga doir: