Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Shahlo Ahmedova sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdi. Aktrisaning shou-biznes olamidagi eng yaqin dugonalaridan biri Shahzoda Muhammedova unga va farzandlariga hashar qilayotganini bilib, turli xil pitssalar yubordi.

Luiza Rasulova yosh muxlisasi bilan tushgan suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Ziyoda to‘y xizmatlarining birida kichkina qizaloqlar bilan xit taronalaridan birini ijro etdi.

Turkiyaning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit o‘g‘li bilan dengizda tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Asal Shodiyeva yana qo‘shiq aytishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, uchinchi farzandni hozircha rejalashtirmayotgani haqida muxlislariga ma’lum qildi.

Xonanda Dildora Niyozova hamkasbi Mavluda Asalxo‘jayeva bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova AQSHda bir kuni qanday o‘tishini obunachilariga ko‘rsatdi. Videoda u farzandlari va turmush o‘rtog‘i bilan baxtli hayot kechirayotganini ko‘rish mumkin.

Yulduz Usmonova qoraqalpog‘istonlik muxlislari bilan ko‘rishgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Xonanda Sardor Mamadaliyev o‘z konsert dasturida tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Gulsanam Mamazoitova Samarqanddagi to‘y xizmatiga borgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Aktrisa Sitora Alimjonova sahifasiga dugonalari bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Mahoratli raqqosa Iroda Ismoilova gruzincha raqs tushgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Shahlo Zoirova sahifasiga xonanda Gulsanam Mamazoitova bilan tushgan suratini joyladi va u bilan Farg‘ona, Marg‘ilon shahridagi to‘yda birga xizmat qilganini aytdi.

DJ Piligrim oilasi bilan Barselona shahrida tushgan suratni obunachilariga namoyish qildi va tez orada Toshkentga qaytishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova qaynota, qaynona va xolasini Umra safaridan kutib olganini ma’lum qildi. U yaqinlarini kutib olishda dasturxon bezagani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Xonanda Yulduz Turdiyeva ashaddiy muxlisi bilan qo‘shiq kuylab raqsga tushgan videosini namoyish qildi.

Hindistonning mashhur dizaynerlaridan biri Gauri Xon sahifasiga turmush o‘rtog‘i, Bollivudning millionlab muxlislarga ega aktyori Shohrux Xon va farzandlari bilan tushgan suratini joyladi. Dizayner muxlislarini hind xalqining Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Feruza Normatova mashinasiga sevgi izhori yozib ketilganini muxlislariga ko‘rsatdi.

Nilufar Usmonova sahifasida Samarqanddagi to‘y xizmatiga borgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Mavzuga doir: