Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Rayhon Asadova sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova Samarqandga to‘y xizmatiga yo‘l olgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Botir Qodirov sahifasiga 2000-yilda “Yomg‘ir”, “Meni izlama” taronalari bilan mashhur bo‘lgan “Sahar” guruhining a’zosi Anvar Jo‘rayev bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva fotosessiya jarayonida tushgan videosini e’lon qildi va muxlislariga hech qachon raqobatdan qo‘rqmasligini, sababi uning o‘rnini hech kim egallay olmasligini aytdi.

Ozarbayjon, turk xonandasi Nahide Babashli Toshkent shahrida tushgan suratini namoyish qildi..

Foto: Instagram

Parizoda kasal bo‘lib, isitma qilayotgan bo‘lsa ham Samarqanddagi to‘y xizmatida bo‘ldi va insonlarning orzu-havas bilan qilayotgan to‘ylariga qanday holatda bo‘lmasin borishini aytdi.

Hindistonning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Priti Zinta hind xalqini 75 yillik Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Bollivud qiroli Shohrux Xon ham oilasi bilan Hindistonning mustaqillik bayramini nishonladi.

Aktrisa Durdona Qurbonova muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova sahifasiga ingliz tilida shukronalik bildirgan videosini joyladi.

Rayhonning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov muxlislariga farzandlari bilan tushgan suratni namoyish qildi va oilaviy ovqatlanishga borganini aytdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Farangiz Xoliqova Turkiyadagi modellik akademiyasida tahsil olayotganini ma’lum qildi.

Bollivudning yana bir mahoratli aktrisasi Anushka Sharma va uning turmush o‘rtog‘i hind xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova qaynota, qaynona va xolasini Umra safaridan qaytganini nishonladi.

Bundan tashqari, aktrisa turmush o‘rtog‘i yangi restoran ochganini ma’lum qildi.

Feruza Jumaniyozova Tojikistondagi to‘y xizmatlarining biriga bordi. Xonanda sahifasiga Tojikiston xalq artisti Daler Nazarov bilan Xo‘jand shahrida uchrashib qolganini aytdi va u bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Sevinch Mo‘minova muxlislariga to‘y xizmatlarining biriga borgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Asadillo Nabiyev qizini turmushga berdi. Aktyorning hamkasblari Lola Eltoyeva, Ra’no Shodiyeva, Muqaddas Xoliqova va boshqa aktrisalar uning qiziga baxt tilagan.

Xonanda Shohruxxon yangi klipida mashhur sportchi Muhammadali Toshturg‘unov bilan birga suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Lola farzandlari bilan maktab formasini xarid qilishga borgani, biroq bu uning farzandlariga yoqmagani haqida gapirdi. Xonandaning o‘g‘li va qizi maktab formasi haqida taklif bildirgan.

Ulug‘bek Xolmedov to‘y xizmatlarining birida kuyovning ota-onasini kelin-kuyov o‘tiradigan joyga olib borib, ularga hurmat ko‘rsatdi.

“Oybek va Nigora” dueti a’zosi Nigora qizi Samiya bilan tushgan suratni obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Xonanda Dildora Niyozova muxlislariga Mavluda Asalxo‘jayeva bilan uchrashib qolgani aks etgan videoni namoyish qildi.

Asal Shodiyeva singlisi Robiyani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Mavzuga doir: