Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Madina Mumtoz oilasi bilan Turkiyaga dam olishga borayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Shahzodaning to‘ng‘ich farzandi Solih poytaxtdagi parklardan birida fastfud tamaddixonasini ochdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shohjahon Jo‘rayev farg‘onalik muxlislari qurshovida tushgan videosini namoyish qildi.

“Yurak amri” loyihasining asoschisi, xonanda Sardor Rahimxon qizi sog‘ayib ketganini ma’lum qildi va duoda bo‘lgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Malika Ravshanova yangi uyiga pardalar tiktirayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Ozarbayjonning dunyoga mashhur xonandasi Nahide Babashli O‘zbekistonda tushgan yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev Samarqandda to‘y xizmatida bo‘lgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.

Bundan tashqari, xalq ardog‘idagi xonanda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi.

Bollivudning millionlab muxlislarga ega aktrisalaridan biri Dipika Padukone yangi suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktyor, xonanda Alisher Uzoqov kino sohasidagi ustozlaridan biri Mukambar G‘ulomova bilan suhbatlashgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Gulsanam Mamazoitova qizi Mohijahonbegim bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i Emrah bilan sayohatda bo‘lgani aks etgan navbatdagi videoni e’lon qildi.

Nilufar Usmonova sozandalaridan birining tug‘ilgan kunini yo‘lda nishonlaganini obunachilariga ko‘rsatdi.

Rejissor, prodyuser Ahad Qayum sahifasiga Bollivud yulduzi Boman Irani bilan tushgan suratini joyladi va uning tez kunlarda Toshkentga kelishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda xizmatga chiqmagan bir kunini oilasi bilan o‘tkazdi. U yaqinlari va farzandlari bilan ovqatlanishga bordi.

Rashid Xoliqov nevarali bilan dam olayotgani aks etgan suratni muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi, aktyor Otabek Mirzaxolov yangi elektromobil xarid qilganini ma’lum qildi.

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova sahifasiga qaynonasi bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

“The cover up” loyihasi ishtirokchisi G‘aybulla Tursunov qiz farzandli bo‘ldi. Ushbu shodiyonada Oybek, Nigora, Yorqinxo‘ja Umarov va xonandaning boshqa hamkasblari ishtirok etib ijodidagi taronalarni kuylagan.

Xonanda Yulduz Turdiyeva Turkiyadagi Sultonahmad masjidi oldida opasi bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Instagram

Java yangi “Onam uchun” deb nomlangan taronasiga ishlangan klipni muxlislariga namoyish qildi.

Bollivudning mahoratli aktrisalaridan biri Karina Kapur turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va uni yaxshi ko‘rishini, dunyodagi eng yaxshi inson ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: