Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Makkadagi Katta masjidda Muqaddas Ka’bani qirol Salmon nomidan yuvib chiqdi, deb xabar bermoqda Arab News.

Foto: Arab News

Yuvish marosimidan oldin shahzoda tavof qildi va namoz o‘qidi. Unga Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz bin Turkiy Al-Faysal hamrohlik qildi. Ularni ikki muqaddas masjidlar ishi bo‘yicha Bosh prezidentlik prezidenti shayx Abdulrahmon Al Sudais qabul qildi. Yuqori mansabli amaldorlar ham Ka’bani yuvib tozalash marosimida qatnashdi.

Foto: Arab News

Muqaddas qamajo har yili an’anaviy tarzda zamzam suviga atirgul suvi va boshqa turli xushbo‘y yog‘larni qo‘shgan holda yuvib chiqiladi.

Foto: Arab News

Odatda Muqaddas Ka’ba ichki tomondan Saudiya qiroli yoki uning vakili tomonidan yuviladi. Ka’ba devorlari sochiq bilan ishqalab tozalanadi. Ichki devorlar atirgul va mushk ifori singdirilgan oq mato bilan artiladi. Atirgul suvi qo‘shilgan Zamzam suvi polga sepiladi va qo‘l bilan va palma barglari bilan tozalanadi.