Uzoq muddat uchun oziq-ovqat sotib olishga odatlanganmisiz yoki kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq taom pishirasizmi? Ortiqcha narsalarni tashlashga shoshilmang, ularning ko‘pchiligi sovitkichda mukammal saqlanadi. “Noviy ochag” nashri sovitkichda uzoq vaqt davomida saqlash qulay bo‘lgan mahsulotlar nomini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

-18 daraja haroratda mikroorganizmlarning ta’siri to‘xtaydi va muzlatilgan mahsulot ta’mini va ko‘plab foydali elementlarni yo‘qotmasdan uzoqroq saqlanadi.

Muzlatilgan mahsulotni qancha vaqt saqlash mumkin va uni qanday qadoqlash kerak?

Mahsulotga qarab, saqlash muddati ikki oydan bir yilgacha davom etadi.  Muzlatish uchun mahsulotlarni kichik paket va idishlarga, qismlarga bo‘lib qadoqlash qulayroq bo‘ladi. Shunda kerakli miqdorni olish mumkin va katta paketni muzdan tushirishning keragi bo‘lmaydi.

Pishloq

Qirg‘ichdan o‘tkazish yoki bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Ko‘pchilik pishloqni sovitkichda xavfsiz saqlash mumkinligini bilmaydi. Agar bir vaqtning o‘zida katta bo‘lak holida qo‘yilsa, muzdan eritish biroz qiyinlashadi. Ammo uni bo‘laklarga bo‘lish uchun idishga solib, ozgina un sepish kerak. Shundagina muzdan erigandan keyin qismlar bir-biriga yopishmaydi.

Yong‘oqlar

Sovitkich yong‘oqlarni achchiq ta’mdan qutqaradi. Yong‘oqlar qurib ketishining oldini olish uchun ularga sovitkich yordam beradi, bu esa yong‘oq tarkibidagi yog‘ning buzilishini oldini oladi. Agar siz bir vaqtning o‘zida katta miqdorda yong‘oq sotib olgan bo‘lsangiz, bu ularni uzoqroq saqlash uchun yaxshi imkoniyatdir.

Banan

Muzlatilgan bananlar kokteyllar uchun mukammal mahsulot bo‘lib, muzga muhtoj bo‘lmasdan unga quyuq, qaymoqli ta’m beradi. Shuning uchun bananlarni qorayib ketmasidan avval sovitkichga qo‘yish tavsiya etiladi.

Guruch

Guruch muzlatilganida o‘z ta’mini yo‘qotadi, deyishadi. Lekin buni o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin. Qaynatilgan guruchni paketlarga solib, muzlatkichga qo‘yish kerak. So‘ngra undan foydalanishda issiq suv qo‘shib, muzdan eritish mumkin. Sovitkichga qo‘yishdan avval mahsulot pishirilgan bo‘lsa, avval ularni xona haroratida sovitib olish lozim.

Makkajo‘xori

Makkajo‘xori sovuq suv ostida yuviladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Uni muzdan eritish uchun esa sovitkichdan olinib, issiq suvga solinadi.

Tomat pastasi

Pomidorlar muzlatish uchun mos emas, chunki muzdan eritilganda ular pyurega aylanadi. Ammo tomat pastasi muzlatib qo‘yilsa, uni sho‘rva va asosiy taomlar uchun ishlatish mumkin. Buning uchun sarimsoq, pomidor, ziravor va ozgina zaytun moyi kerak bo‘ladi. Barcha ingrediyentlar aralashtiriladi va taxminan 4 soat davomida past olovda pishiriladi.

Sut

Sut sovitkichda 3 oy davomida saqlanishi mumkin. Asosiysi, shisha yoki boshqa qadoqlar saqlash vaqtida yorilib ketmasligi kerak, chunki muzlatilgan holda suyuqlik hajmi kengayadi. Sutni muzdan eritish uchun uni xona haroratida qoldirish yoki sutni tezroq muzdan tushirish uchun idishni iliq suvga solish mumkin.

Non

Agar keragidan ko‘proq non sotib olgan bo‘lsangiz, uni mog‘or bo‘lguncha yoki qotib qolishini kutmasdan muzlatib qo‘yish kerak. Variantlardan biri uni bo‘laklarga bo‘lib muzlatishdir. Sovitkichda non folga ichida saqlanishi mumkin va tezda muzdan eritish uchun pechga yoki mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kifoya.

Sabzavot, rezavor va mevalar

Albatta, ularni yozda muzlatish mantiqan to‘g‘ri. Avval rezavor yoki mevalarni pergament qog‘oziga, shundan keyingina paketlarga joylash mumkin. Shundagina ular muzdan eriganda ular bir-biriga yopishmaydi. Agar smuzilarni yaxshi ko‘rsangiz, meva va rezavorlar aralashmasini oldindan tayyorlash va muzlatib qo‘yish mumkin. Bu kokteyl tayyorlashda vaqtni tejaydi.

Sariyog‘

Muzlatilgan sariyog‘ o‘z ta’mini yo‘qotmaydi. Sovitkich sariyog‘i oshpazlarning maxfiy qurolidir. Taomlarni bezash uchun qirg‘ichdan o‘tkazish oson. Sariyog‘ni paketga solib yoki folgaga o‘rab, muzlatib qo‘yish mumkin.

Kotletlar

Qiyma bir oy davomida sovitkichda saqlanadi. Qiyma bilan xohlagancha tajriba qilib ko‘ring, chunki retseptlar juda ko‘p, eng muhimi, bunday kotletlarni istalgan vaqtda sovitkichdan olib, tovada oddiygina qovurish mumkin.

Ko‘kat va ziravorlar

Ko‘katlarni muzlatish uchun ular quritiladi, mayda to‘g‘ralib, sovitkichga  qo‘yiladi. Ko‘katlar biroz muzlagandan keyin ularni kichik paketlarga solish mumkin. Yana bir variant — sotib olingan ko‘katlarni yuvish, mayda to‘g‘rash va muz qoliplariga joylashtirish. Sho‘rva pishirganda, taomga lazzat va xushbo‘ylik berish uchun qaynab turgan bulyonga ko‘katlarni qo‘shish kifoya.