Haqiqiy charm poyabzal kundalik parvarish qilishni talab qiladi, aks holda nozik material yorilib, haqiqiy shaklini yo‘qotishi mumkin.

Foto: Shutterstock

Maxsus parvarishlash vositalaridan foydalaning

Bunday mahsulotlarni poyabzal do‘konidan sotib olish mumkin. Bunday to‘plamda:

  • Tozalash vositasi. Odatda shampun yoki ko‘pik shaklida sotiladi.
  • Krem. Ushbu mahsulotlar teridagi namlikning tabiiy darajasini saqlaydigan va uni yumshoq va elastik qiladigan moyni o‘z ichiga oladi. Kremlar turli xil ranglarga ega (qora, oq va jigarrangdan tashqari boshqa variantlar ham mavjud) va ularni oyoq kiyim rangiga mos keladigan tarzda tanlash kerak.
  • Polirol. Bu silikon asosidagi mahsulot bo‘lib, u qo‘llanilganda charm yuzasiga yorqinlik beradi.
  • Oyoq kiyim uchun cho‘tka. Yumshoq tukli cho‘tkani tanlang. Agar turli rangdagi bir necha juft charm poyabzal bo‘lsa, har biri uchun alohida cho‘tka bo‘lishi kerak.
  • Poyabzal ushlagichlar. Ular charm poyabzallarni quritish uchun ham, saqlash uchun ham kerak.

Sotib olgandan so‘ng darhol poyabzalingizni asrashni boshlang

Uyga yangi poyabzal olib kelganingizdan so‘ng, uning yuzasini kremi bilan moylang.

Ob-havoga e’tiborli bo‘ling

Tashqarida yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan bo‘lsa, charm poyabzal kiymang. Juda ko‘p namlik bo‘lsa, charmga putur yetadi. Suv shimgan charm quriganida yumshoqligi va elastikligini yo‘qotadi, qo‘pol bo‘ladi va osongina yorilib ketadi. Bundan tashqari, poyabzal yuzasida suv va tuz dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin.

Agar nam havoda ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa, avval charm poyabzalga suv o‘tkazmaydigan sprey bilan yaxshilab ishlov bering.

Foto: Shutterstock

Oyoq kiyimingiz nam bo‘lsa, darhol quriting

Bu ho‘l poyabzal yoki etik bilan uyga qaytganingizda qilish kerak bo‘lgan birinchi ish. Teri namlikka qanchalik singsa, uning sifati shunchalik yomonlashadi.

To‘g‘ri shamollatish uchun ichki tagliklarni olib tashlang, ushlagichlarini ichkariga qo‘ying va botinkalarni havo yaxshi yuradigan ochiq joyga qo‘ying.

Har qanday holatda ham charm poyabzallarni batareya, fen bilan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurida quritmang. Yuqori harorat sirtga zarar yetkazishi, yopishtiruvchi xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin. Aks holda poyabzal tez yorilib ketadi. Bundan tashqari, u yanada qattiqlashishi yoki suv o‘tkaza boshlashi mumkin.

Oyoq kiyimingizni tezroq quritish uchun ichiga namlikni yutuvchi silicon gelli paketcha, yumshoq sochiq yoki qog‘oz salfetkadan yasalgan sharchalarni qo‘ying.

Foto: Shutterstock

Oyoq kiyimingizni iflos holda qoldirmang

Kichik kir va changni yumshoq mato bilan tozalash yoki iliq suvda namlangan gubka bilan ketkazish mumkin.

Oyoq kiyimlarini krem ​​yoki vosk bilan moylang va har bir nam tozalashdan keyin kremni qo‘llashni unutmang.

Mahsulot quruq, toza poyabzalga qo‘llanilishi kerak. Buni krem ​​paketiga o‘rnatilgan shimgich yoki yumshoq mikrofiber mato yordamida aylana harakatlar bilan bajaring. Krem terini mikro yoriqlar paydo bo‘lishidan himoya qiladi, shuningdek, uning elastikligi va uzoqroq yarqirashiga yordam beradi.

Oyoq kiyim kiyayotganda “rojka” ishlating

Bu tovonni ezib tashlamaslik uchun muhim. Ko‘pincha u poyabzalning yuqori qismini butun tuzilishini ushlab turadigan element bo‘lib xizmat qiladi. Agar poyabzalning tovon qismini ezib qo‘ysangiz, oyoq kiyimingiz tezda o‘z shaklini yo‘qotadi.

Foto: Shutterstock

Mavsum tugashi bilan poyabzallarni to‘g‘ri saqlang

Oyoq kiyimni zoq muddatli saqlash uchun olib qo‘yayotganda, uni chang va kirlardan tozalashni va krem ​​bilan moylashni unutmang. Shuni yodda tutingki: haqiqiy charm juda yumshoq material bo‘lib, osongina osiladi va egiladi, shuning uchun unga yaxshi parvarish kerak.

Agar sizda poyabzal uchun maxsus ushlagich bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda qog‘ozdan qattiq to‘plar yasab, o‘ralgan holda oyoq kiyim ichiga qo‘ying.

Keyin poyabzallarni quti yoki paketga joylashtiring. Bu charmni changdan himoya qilishga yordam beradi. Ularni xona haroratida va ortiqcha namlik bo‘lmagan joyda saqlang.