Farzandlaringiz kartoshka fridan boshqa biror-bir sabzavotli taom haqida eshitishni istamasa, tushkunlikka tushmang. “Noviy ochag” nashri tabi nozik iste’mol qiluvchilarni ham sabzavot bilan oziqlantirishning bir necha samarali usullari bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, har 10 ta boladan 9 nafari kuniga tavsiya etiladigan 1-3 stakan sabzavotni iste’mol qilmaydi. Odatda ular iste’mol qiladigan sabzavotlarning uchdan bir qismi kartoshka fri hisoblanadi.

Nima uchun bolalarga sabzavot iste’mol qilish muhim?

“Sabzavotlarni yetarlicha iste’mol qilish barcha yoshdagi odamlar uchun, ayniqsa, o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan bolalar uchun juda ko‘p foyda keltiradi. Sabzavotlar tarkibidagi kletchatka, antioksidant, vitamin va minerallar miya rivojlanishiga, immunitet tizimini shakllantirish va mustahkamlashga, ovqat hazm qilish va organizmdagi boshqa muhim jarayonlarga yordam beradi, — deydi tadqiqot institutining diyetologi Stefani Sassos.

— Erta yoshdan sog‘lom odatlarni shakllantirishni boshlash va agar bolalaringiz sabzavot iste’mol qila olmasa, taslim bo‘lmaslik kerak. Buni, albatta, sinab ko‘ring va bolalar menyuni rejalashtirish va ovqat tayyorlashda ishtirok etsin. Ular ozuqaviy moddalarni siz o‘ylagan har qanday yo‘l bilan olishlari kerak”.

Kartoshka pyuresiga gulkaram qo‘shing

Farzandlaringiz barcha sabzavotlardan kartoshkani afzal ko‘rsa, qolganlarini ular sezmasliklari uchun yashiring. Odatda gulkaramni ko‘zdan yashirish juda oson. Sassosning ta’kidlashicha, kartoshka va gulkaramni aralashtirib berish kerak, gulkaram sezilmasligi uchun ikki sabzavot ham pyure holiga keltiriladi.

Shuningdek, taomni yanada boyitish, masalan, ko‘kat yoki boshqa qo‘shimcha qo‘shish kerak bo‘lsa, barchasi birgalikda blender yordamida pyure qilinadi.

Ularning sevimli shirinliklarini eslatuvchi sabzavotli gazaklar tayyorlang

Sabzavotni o‘z ichiga olgan batonlar ajoyib tanlov bo‘lishi mumkin, ayniqsa, bola shirinliklarni yaxshi ko‘rsa.

Farzandlaringiz makkajo‘xori va sabzidan tortib lavlagi va bulg‘or qalampirigacha turli xil ta’mlarni tatib ko‘rishni hamda o‘z sevimli taomlarini tanlashni yaxshi ko‘rishlari aniq. Batonlardagi sabzavotlar retseptning asosiy elementi ekani kichik sir bo‘lib qolishi kerak. Bu shuni anglatadiki, mahsulot tarkibidagi sabzavotlar miqdori qolgan ingredientlardan ustun turadi. Shunday qilib, bolalar munosib dozada kletchatka, kaliy va temir iste’mol qilishlari mumkin.

Qiymaga maydalangan qovoq yoki sabzi qo‘shing

Sassos bu usulni onasidan o‘rgangan: “U har doim sabzi va qovoqni juda maydalab, ularni kurka yoki mol go‘shti qiymasiga qo‘shib, kofte, gamburger yoki go‘shtli teftellar tayyorlaydi. Taom juda ham mazali chiqadi.

Qovoqli spagetti tayyorlang

“Agar bolangiz makaronni yaxshi ko‘rsa, oddiy makaronga biroz sabzavot qo‘shish kerak, shunda ular ikkalasidan ham zavq olishlari mumkin”, — deydi Sassos. Qovoqli spagetti standart makaron bilan aralashtiriladi, qovoqni iloji boricha spagettiga o‘xshab ko‘rinishi uchun qobig‘ini tozalash lozim.

Sabzavotlardan smuzi tayyorlang

Gulkaram, guruch, ismaloq va karamning ta’mi smuzilarga qo‘shilganda deyarli sezilmaydi. “Ismaloq va karam rangi yashil rangga o‘zgaradi, lekin ularning ta’midan qanday mahsulot ekanini topib bo‘lmaydi”, — deydi Sassos. Sevimli ingrediyentlarga shunchaki 1 stakan ko‘kat yoki 1/2 stakan gulkaram qo‘shish mumkin.

Sabzavotlarni qovuring

Kartoshka fri ko‘pincha bolalarning sevimli taomlaridan biri bo‘lganligi sababli kartoshka va boshqa sabzavotlarni yog‘da qovurish — bu sabzavot iste’mol qildirishning ajoyib usuli. Mini konveksiya pechining yuqori harorati sabzavotlarni bir xil tarzda qovuradi.

“Deyarli har qanday sabzavot sariyog‘, tuz va murch bilan ham juda mazali chiqadi, hatto Bryussel karami kabi oddiy mahsulotlar ham. Jarayonda sabzavotning tuzilishi, ta’mi va ko‘rinishi butunlay o‘zgaradi”, — deydi Sassos.