Quloq og‘rig‘ini davolashda to‘g‘ri vositalardan foydalanish lozim. Wday nashri quloq og‘rig‘ida yaxshi samara beradigan kamfora yog‘ini qanday qilib to‘g‘ri qo‘llash kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Wday

Quloq og‘riganda kamfora yog‘ini qo‘llash to‘g‘rimi?

Kamfora yog‘i qizuvchi va tirnash holatini yuzaga keltiruvchi ta’sirga ega. Bu tomirlarda kengaytma hosil qiladi va davolangan joyda qon aylanishini faollashtiradi, yallig‘lanishni bartaraf etishga yordam beradi.

Kamfora yog‘i quloq og‘rig‘ida, bakterial yallig‘lanishda qo‘llanadigan antiseptik ta’sirga ega vositalardan biri.

Otit belgilari: quloq ichki qismida qichishish, tortishish og‘rig‘i paydo bo‘lganda kamfora yog‘ini qo‘llash tavsiya etiladi. Bu holatda kamfora yog‘i yoqimsiz simptomlarni yo‘qotish va yallig‘lanishning tiklanishini tezlashtiradi. Ammo bu dori emasligini unutmaslik kerak.

Ushbu vositadan faqat yallig‘lanish sabablari aniqlagandan so‘ng shifokor tomonidan tayinlangan muolajaga qo‘shimcha ravishda foydalanishingiz mumkin. Agar kasallik infeksiyadan kelib chiqqan bo‘lsa, asoratlarning oldini olish uchun shifokor nazorati ostida antibiotiklar bilan davolanish kerak.

Foto: “Yandeks.ru”

Quloq og‘riganda kamfora yog‘idan foydalanish

Kamfora yog‘ini qo‘llash ma’lum bir kasallikning xususiyatlariga bog‘liq.

Tashqi yallig‘lanish eshitish jarayoniga ta’sir qilmagan bo‘lsa, kamfora yog‘i quloqqa tomiziladi. Kamfora yog‘ini isitish plitalari yoki issiq suv yordamida tana haroratiga moslab isitiladi. Bemorning og‘riyotgan qulog‘ini yuqoriga ko‘tarib, ichiga 2-3 tomchi yog‘ tomizish kerak, bu muolajadan keyin biroz yotish tavsiya etiladi. Jarayonni kuniga 2-3 marta takrorlash kerak. Agar otit belgilari bilan birga burun bitib qolishi ham kuzatilsa bu muolajadan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Agar shifokor quloqning o‘rta qismi yallig‘lanishini aniqlagan bo‘lsa, dorilardan tashqari, kamfora yog‘i bilan tamponlar qo‘llaniladi. Ular 3-5 soat davomida quloqqa joylashtiriladi va izolyatsiya qilinadi.

Eshitish qobiliyatingiz buzilgan bo‘lsa, bu kasallikning og‘ir ekanini ko‘rsatadi, bunday holatda imkon qadar tezroq shifokor bilan maslahatlashish kerak. Davolanishdan tashqari, kamfora yog‘i bilan kompressdan foydalanish mumkin. U og‘rigan quloqqa qo‘yiladi va bir kechaga qoldiriladi. Jarayonni har kuni takrorlash kerak.

Kamfora yog‘ini og‘rigan quloqda terining shikastlanishi bo‘lsa va undan yiring chiqayotgan vaqtda ishlatmaslik kerak. Unutmang, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga bunday choralarni qo‘llash taqiqlanadi va barcha manipulyatsiyalardan keyin pediatr bilan bog‘lanish kerak.

Quloqlaringizning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish ko‘p yillar davomida eshitish qobiliyatingizning yaxshi bo‘lishiga yordam beradi.

Mavzuga doir: