“Biz ovqatlanish uchun yashamaymiz, yashash uchun ovqatlanamiz”. Agar siz haqiqatan ham uzoq vaqt yashashni istasangiz, unda nafaqat pul bilan, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri hayotingizning yillari bilan ham to‘lashingiz kerak bo‘lgan ba’zi mahsulotlardan voz kechishingiz kerak bo‘ladi. Uzoq umr ko‘rishni istasangiz umuman ushbu ro‘yxatdagi mahsulotlarni iste’mol qilmang.

Foto: Instagram

Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan gazli ichimliklar

Shakarli gazlangan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish erta o‘lim xavfini jiddiy ravishda oshiradi, bu ma’lumotlar Amerika kardiologiya assotsiatsiyasining o‘tgan yilgi kongressida taqdim etilgan. Kuniga atigi bir stakan kola yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarib, erta o‘lim xavfini ikki baravar oshiradi. Bundan tashqari, shakarli ichimliklarni har kuni iste’mol qilish hujayralarning qarishini tezlashtiradi va natijada 4,5 yil umrimizni olib qo‘yadi.

Foto: “Noviy ochag”

Sun’iy shirinliklar

Diyetologlar shakardan butunlay voz kechish kerakmi yoki yo‘qmi degan fikr haqida hali aniq qarorga kelmagan, biroq ular sun’iy shirinliklar qo‘shilgan ovqatlar yomon ekanligiga yuz foiz ishonch hosil qilgan. Semirib ketish, qandli diabet va yurak xastaliklari xavfini oshirishdan tashqari, “shirin” ovqatlar va ichimliklar ham odatiy shakarning salbiy ta’sirini oshiradi. Yana bir tadqiqot shakarni muntazam iste’mol qilish insult va aqliy zaiflik xavfining ortishi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni tasdiqlagan.

Tuzlangan mahsulotlar

Ko‘plab insonlar har kuni tanaga kerakli miqdordan ko‘ra ortiqroq tuz iste’mol qiladi. Ortiqcha natriy esa yurak xastaliklari, insult va oshqozon saratoni xavfini oshiradi. Ko‘p hollarda qayta ishlangan oziq-ovqat va fast-fudlar sabab tanaga ortiqcha tuz yig‘iladi, bu ham ularni iste’mol qilishni jiddiy ravishda kamaytirishning yana bir sababi hisoblanadi.

Foto: “Noviy ochag”

Qayta ishlangan go‘sht

Bir necha yil oldin kolbasa, sosiskalar va qayta ishlangan ayrim go‘shtli mahsulotlar rasman kanserogen sifatida tan olingan. Ularning tarkibbida miqdoridan ortiqcha ko‘p tuz bo‘lishidan tashqari, mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish yurak xastaligini, erta o‘lim xavfini 72 foizga va saraton kasalligini 11 foizga oshiradi.

Glyutensiz mahsulotlar

Agar hazm qilish faoliyati bilan bog‘liq kasalligidan aziyat chekmasangiz, glyutenning barqaror emasligi — hech qachon uglevodlardan voz kechmasligingiz kerak. Lancet Public Health nashrida chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, kam uglevodli parhez umr ko‘rish davomiyligini to‘rt yilga qisqartirishi mumkin. Biroq, albatta, uglevodlar murakkab va tolaga boy bo‘lishi kerak.

Spirtli ichimliklar

Qizil sharob yoki pivoning sog‘liq uchun foydali jihatlari haqida o‘qishimizdan qat’iy nazar, hatto haftada bir marta spirtli ichimliklar umrni yarim yilga qisqartirishi mumkinligini yodda tutish kerak. Haftada ikki yoki uch marta ushbu ichimliklarni ichish umrni ikki yilga qisqartiradi. Agar muntazam ravishda haftada uch yoki undan ko‘p ichimlik ichsangiz, umringiz besh yilga yo‘qotilishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Trans yog‘larga boy ovqatlar

Non mahsulotlari va fast-fudlarda ko‘p bo‘lgan sun’iy trans yog‘lar yurak xastaligi, insult va ikkinchi toifa diabet xavfini jiddiy ravishda oshiradi. Ular hayot davomiyligi va sifatini sezilarli darajada kamaytiradigan kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda sun’iy trans yog‘larni qo‘llash to‘liq taqiqlanmaguncha, sotib olgan mahsulotlarning tarkibini mustaqil ravishda kuzatib borish kerak.

Mavzuga doir: