Vazn kamayishi uchun me’yorda uxlash, kamroq shirinlik va gazaklar iste’mol qilish kerakligini hamma biladi. Ammo vazn kamaymasligining boshqa sabablari ham bor. “Noviy ochag” nashri aynan shu haqda so‘z yuritdi.

Foto: “Noviy ochag”

Parhezni o‘ta jiddiy qabul qilish

Tavsiya, maslahat va ko‘rsatmalar dengiziga sho‘ng‘ib ketish oson. Shuningdek, har bir retseptga qat’iy rioya qilish stressni oshirish mumkin. Mutaxassislar bu borada organizmning reaksiyasini kuzatishni tavsiya qiladi, chunki vazn kamaytirish uchun universal retsept mavjud emas.

Xato qilishdan qo‘rqish

Bu bo‘lim avvalgisi bilan chambarchas bog‘liq. Yangi ovqatlanish rejasiga o‘tish va noto‘g‘ri narsani iste’mol qilib qo‘yish qo‘rqinchlidek tuyiladi. Ammo to‘g‘ri ovqatlanishga qaytish va yana nimalarnidir iste’mol qilish imkoni bor. Bundan tashqari, organizmning turli mahsulotlarga bo‘lgan munosabati haqida yangi tajribaga ega bo‘lish va keyingi safar, albatta, to‘g‘ri tanlov qilish tavsiya etiladi.

Qorin juda qattiq ochishini kutish

Bunday tavsiyalar juda keng tarqalgan, ammo ular yordamdan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Qattiq ochlikni kutib, charchoq va holsizlikni boshdan kechirish kuzatiladi. Natijada ovqatlanish vaqtida keragidan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilib qo‘yish turgan gap.

Istisnolarni unutmaslik

Ko‘pgina parhezlar odatda biror narsadan voz kechishni talab qiladi: shakar, glyuten, sut mahsulotlari va boshqalar. Agar taqiqlangan narsalarga emas, balki ruxsat etilgan narsalarga ko‘proq e’tibor qaratilsa, parhez tutish osonroq kechadi. Aks holda har kuni gamburger tanovul qilmaslikni o‘ylash tushkunlikka sabab bo‘ladi va vazn yo‘qotish natijalari sizni xursand qilmaydi.

O‘tgan tajribaga tayanish

Agar 18 yoshda hech narsa yemasdan ozgina uxlagan bo‘sangiz, bu yillar o‘tib ham xuddi shu narsa takrorlanishi kerak degani emas. O‘sha paytda ish bergan parhezlar, ehtimol, hozir biror natija bermasligi mumkin. Barcha eski qoidalarni o‘z navbatida sinab ko‘rish va qaysi biri hali ham foydaliligini va qaysi birini o‘zgartirish kerakligini bilib olish mumkin.