Hozirda ko‘plab insonlar til o‘rganish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ekspertlar 2012-yilda til o‘rganishning eng yaxshi usullaridan biri “parallel tarjimalar” ekanini ma’lum qilgan. Hozirda esa til o‘rganishda lug‘atlarni yodlash uchun sevimli seriallar yoki kinolarni subtitrlar yordamida tomosha qilish kifoya.

Foto: “Belnovosti”

O‘zingizni ingliz tili bilan o‘rab oling

Til o‘rganishning eng samarali va eng tez yo‘li o‘sha bu tilda gaplashadigan mamlakatga ko‘chib o‘tishdir. Biroq hamma ham bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun, ikkinchi, ammo kam samara beradigan usul — bu o‘zingizni ingliz tili bilan o‘rab olishdir.

Masalan, bolalarga tilni o‘rgatish uchun: ularga ertaklarni asl nusxada o‘qing va ingliz tilida kuylab bering. Yana bir usuli yangi lug‘atdan foydalanib, do‘stlaringiz bilan asosiy dialoglarni mashq qiling. Albatta, barcha videolarni: filmlar, seriallar va multfilmlarni asl nusxasida subtitrlar yordamida tomosha qiling. Hattoki smartfoningizni ingliz tiliga sozlab oling.

Hayotingizda qancha chet tili bilan so‘zlashadiganlar ko‘p bo‘lsa, shahar markazidagi chet elliklar sizdan nimani xohlashini shunchalik tez tushuna boshlaysiz.

O‘zingiz bilan gaplashing

Bundan yaxshiroq hamroh yo‘q. Har qanday mavzuda o‘zingiz bilan gaplashishingiz mumkin. Agar bu usul noqulay  bo‘lib tuyulsa, podkastingizni yozib olayotganingizni tasavvur qiling. Ushbu amaliyot sizga ingliz tilida gapirishga yordam beradi. Katta ehtimol bilan xato qilasiz, biroq buning farqi yo‘q. Bari bir hech kim sizni eshitmaydi.

Podkastlarni unutmang

Bu haqda gapiradigan bo‘lsak, podkastlar so‘z boyligingizni orttirishga va turli urg‘ularga ko‘nikishning ajoyib usuli hisoblanadi. Agar siz ingliz tilini endigina o‘rganishni boshlagan bo‘lsangiz, rus tilida so‘zlashuvchi mualliflarning podkastlari, masalan, “My english is very bad” podkasti sizga mos keladi.

Agar siz murakkabroq narsani xohlasangiz, Maintenance Phase tanlashingiz va shu bilan birga sog‘lomlashtirish sanoatining barcha sirlarini o‘rganishingiz mumkin.

O‘zingizni qiziqtirgan har qanday mavzuda va istalgan tilda (nafaqat ingliz tilida) podkast tanlashingiz mumkin. Ushbu amaliyot sizning tinglash qobiliyatingizni yaxshilashga va so‘z boyligingizni yangi so‘zlashuv iboralari bilan kengaytirishga yordam beradi.

Ovozli yordamchilar

Ovozli yordamchilar har doim ham kerakli kontaktga qo‘ng‘iroq qila olmaydi, biroq ular suhbatni davom ettira oladi.

Ular sekin nutqni tezlashtirishga, mukammal diksiya va oddiy jumla tuzilmalarida siz yoqtirmaydigan th va w ni mukammallashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, eng qiyin va umidsiz vaziyatlarda ham suhbatni davom ettirish mahoratini oshiring. Ingliz tilida suhbat qilishda “Siri” va Google Assistant yaxshi samara beradi.

Fitnes

Sport bilan shug‘ullanayotgan paytingizda ham ingliz tilini o‘rganishingiz mumkin. Ingliz tilida so‘zlashadigan sevimli fitnes-blogerlaringizning podkastlarini eshiting va ular bilan mashq qiling. Masalan, Fitnes Blenderdan Kelli va Daniel uydagi haqiqiy fitnes gurusidir. Ular har qanday insonlarga mos keladigan 600 dan ortiq: kardio, kuch, cho‘zilish, yoga, va boshqa mashg‘ulotlarni suratga olgan.

Agar fitnesni yoqtirmasangiz, sevimli blogerlaringiz bilan onlayn raqsga tushishingiz mumkin. Misol uchun, Kaleb Marshall olti yildan ortiq vaqt davomida o‘z tomoshabinlari bilan onlayn tarzda raqsga tushadi.

Kuniga bitta yaxshi raqs sizga nafaqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, balki so‘z boyligingizni kerakli lug‘at bilan to‘ldiradi.

O‘zingizni cheklab qo‘ymang

Texnologiya rivojlanishda to‘xtamaydi. Masalan, Skype yordamida boshqa mamlakatlardan kelgan so‘zlashuvchilar bilan uydan chiqmasdan muloqot qilish mumkin.

Ingliz tili darajasini saqlab qolish va hatto yaxshilash uchun kuniga 15 daqiqa ingliz tilida so‘zlashuvchi insonlar bilan suhbatlashish kifoya. Masalan, Skyeng’s Talks xizmati bir necha daqiqada sizni qiziqtirgan odamni topishga yordam beradi.

Ushbu format kechikayotgan do‘stingizni kutib, ingliz tilida gaplashuvchi inson bilan suhbatlashish imkonini beradi. Suhbatdosh shunchaki notanish inson bo‘lmaydi, balki o‘qituvchi bo‘lgani uchun suhbat oxirida u ingliz tilini qanday qilib yaxshiroq o‘rganish bo‘yicha ba’zi tavsiyalar beradi.

Onlayn o‘yinlar

O‘yinlar maktab yoki ish kunidan keyin dam olishga yordam beradi. Bir vaqtning o‘zida o‘ynash va o‘rganishdan ko‘ra foydaliroq nima bo‘lishi mumkin? Onlayn o‘yinlar mana shunday imkoniyatni beradi. Scrabble’da murakkab so‘zlarni tuzish shart emas. Sevimli onlayn o‘yiningiz sozlamalarini o‘zgartiring va ajoyib oqshomdan zavqlaning.

Siz qanday memsiz?

Qaysi Marvel superqahramoniga yoki Disney malikalariga o‘xshashligingizni bilasizmi? So‘z boyligingizga bir nechta yangi so‘z qo‘shish uchun oddiy va qiziqarli testlardan o‘tish kifoya. Masalan, Buzzfeed’da bunday ko‘ngilochar materiallar juda ko‘p.

Tushunarsiz qisqartmalarni Google orqali toping.

Ingliz tilida so‘zlashuvchi mahalliy aholi bilan gaplashish — bu stressga chidamlilik va ingliz tilini bilish sinovidir. Hazillaringizda zamonaviy iboralardan foydalanishga tayyor bo‘ling va tushunarsiz qisqartmalarni Google orqali toping.

Ehtiyot bo‘ling, bu usul tilni yaxshi darajada biladiganlar uchun. Axir, hamma ham chet ellik suhbatdoshini xafa qilmasdan achchiq hazillardan to‘g‘ri foydalana olmaydi.

Mavzuga doir: Qanday qilib ingliz tilini o‘rganish mumkin yoki til o‘rganishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar.