JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiy tushkunlik yomon kayfiyat emas, balki xavfli kasallik va dunyodagi majruhlikning eng keng tarqalgan sababidir. Ruhiy holatlar buzilishi Britaniya qirollik uyini ham chetlab o‘tmadi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

O‘zi sevmagan erkak bilan turmush qurgan malika, yoshligida onasidan ayrilgan o‘g‘illari, tug‘ruqdan keyingi ruhiy tushkunlikka tushgan gersoginya Ketrin va Megan — ularning barchasi jamiyat tomonidan ruhiy muammolarni idrok etishni normallashtirish uchun bu haqda ochiq gapiradi. Chunki depressiya uyaladigan narsa emas.

Malika Diana: “Men aqldan ozgan tamg‘asi bilan yashadim”

“Ehtimol, men qirollik oilasida birinchi bo‘lib depressiyani boshdan kechirgan yoki buni ochiq ifoda etgan odamdirman”, — degan edi o‘zi haqida Diana.

Qirollik oilasida his-tuyg‘ularni ochiq ko‘rsatish odatiy hol emas, bu yosh qiz uchun hissiy muammo edi. Bundan tashqari, uning eri ertakdagi shahzoda emas edi, u ham yashirmasdan boshqa ayolni sevardi. Asal oyi o‘rtasida allaqachon Diana depressiyaga tushib qoldi, bundan tashqari, u dahshatli tushlardan azoblandi.

Qirollik oilasi chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ilgari hech qachon ruhiy kasalliklarga duch kelmagan (yoki ularni mohirlik bilan yashirgan), Bukingem saroyi aholisi noto‘g‘ri qarashlarga to‘la edi. Dianani deyarli aqldan ozgan deb hisoblashdi va bu tamg‘a uni butun umri davomida ta’qib qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Diana eng yaxshi shifokorlar nazorati ostida va tezkor natijaga muhtoj bo‘lgan mutaxassislarga topshirildi. Qirolichaning shaxsiy shifokori Jon Batten qirollik oilasini Diananing ruhiy kasalligi farzandlariga o‘tishi mumkinligi bilan qo‘rqitdi va bu ularning oilasi uchun falokat bo‘lishini bashorat qildi.

Ikki yillik davolanishdan keyin ham Diananing holati yaxshilanmadi. Qizig‘i shundaki, uning eri Dianaga yordam berishga muvaffaq bo‘ldi. Shahzoda Charlzga Yungning o‘sha paytdagi mashhur shogirdi Alan MakGlashenga murojaat qilishni maslahat berishdi. U Diana bilan haftada ikki marta shug‘ullandi va bir muncha vaqt o‘tgach, malikaga tashxis qo‘ydi. “Bu juda baxtsiz qiz, u barcha jabhalarda qiyinchiliklarga duch keladi, lekin u ularga jasorat bilan dosh berishga harakat qiladi. U mutlaqo sog‘lom va uning muammolari patologik emas, balki hissiydir”, — dedi taniqli mutaxassis va bu qirollik oilasini hayratda qoldirdi.

Shahzoda Uilyam: “Men 20 yil davomida onamning o‘limiga ko‘nika olmadim”

Shunisi ma’lumki, depressiya haqiqatan ham genetik darajada yuqishi mumkin. Biroq shahzoda Uilyamning ruhiy tushkunligining sababi umuman genlar emas, balki uning uchun sevimli onasining dahshatli o‘limi edi. Sobiq malika Diana avtohalokatda vafot etganida u 15 yoshda edi.

Foto: “Noviy ochag”

Yosh shahzoda bir paytlar onasi uchragan narsaga duch keldi: bolaligidan u va uning ukasi o‘z his-tuyg‘ularini bostirishga o‘rgatilgan. Shuning uchun Diananing o‘limidan so‘ng ular o‘zlarini qo‘lga olishdan boshqa iloji qolmagan, his-tuyg‘ularni qalblariga chuqur ko‘mgan. Ular bilan ochiqchasiga hech kim sodir bo‘lgan fojiani muhokama qilmagan.

Angliyaning bo‘lajak qirolining so‘zlariga ko‘ra, unga nima bo‘lganini to‘liq anglash va onasining o‘limiga ko‘nikish uchun 20 yil kerak bo‘ldi.

Bugungi kunda Uilyam rafiqasi Ketrin Diana bilan uchrasha olmasligidan va uning nabiralari, shahzoda Jorj, Lui va malika Sharlotta buvisini ko‘masligidan afsusda.

Ammo bolalar ham bu kabi taqdirga sherik bo‘lmasligi uchun u allaqachon choralar ko‘rgan. Shahzoda Uilyam Britaniya taxtiga merosxo‘rlarni qo‘yish asoslarini qayta ko‘rib chiquvchi nizomni ishlab chiqdi va imzoladi. Farzandlari o‘z muammolari va tajribalari haqida ochiq gapirishdan qo‘rqmaydigan, bir paytlar ukasi bilan o‘zlaridagi holatni yashirmasdan, komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishi uchun u hamma narsani qilishga tayyor.

Shahzoda Garri: “Men ur yoki qoch rejimida yashaganman”

1997-yil sentabr oyi boshida 12 yoshli Garrining akasi, otasi, amakisi va bobosi bilan birga onasining tobutini ko‘tarib borishini butun dunyo tomosha qildi.

“Men faqat asfaltlangan xiyobon bo‘ylab aravani tobut bilan olib kelayotgan otlarning ovozini eslayman”, — dedi Garri oradan ko‘p yillar o‘tib.

“Menga shunday tuyildiki, tanamni tashlab, arvoh kabi yurib borardim. Bola edim, his-tuyg‘ularimning o‘ndan bir qismini ham ko‘rsatmasdim, atrofdagilar chin dildan yig‘ladi. Ammo boshqalardan farqli o‘laroq bu mening onam edi, ular esa hattoki onam bilan uchrashmagan ham”, — deb eslaydi Garri.

Foto: “Noviy ochag”

Ammo yoshi ulg‘aygan sari onasidan ayrilishining jarohati shunchalik kuchli bo‘ldi. U keyinchalik ruhiy og‘riqni spirtli ichimlik bilan yengishga harakat qildi.

Bir hafta ichida odamlar ichadigan darajadan ham ko‘p ichdim, bu menga yoqqani uchun emas, balki og‘riqni yashirishga harakat qilganim uchun”, — dedi Garri va giyohvand moddalarni iste’mol qilishni boshlashga tayyorligini ham qo‘shimcha qilgandi. Hammasi 1997-yildan beri tark etmagan bu og‘riqni boshdan kechirishni to‘xtatishga urinish edi.

“Men o‘zim emas edim. Har safar kostyum kiyib, bo‘yinbog‘ bog‘laganimda, o‘zimni nimagadir majburlashim kerak edi. Menda vahima va g‘azab xurujlari bor edi. Men doim ur yoki qoch rejimida yashardim”, — dedi Garri.

Agar shahzoda Garri Megan Markl bilan uchrashmaganida, bularning barchasi qanday tugashi noma’lum edi. Aynan u Garrini psixoterapiyadan o‘tishi kerakligini muloyimlik bilan tushuntirdi.

Malika Diana singari shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl ham bu borada yaxshi emas. U chin dildan qirollik qonunlarini qabul qila olmadi. Bu o‘xshashlikni anglagan Garri xotinini yo‘qotishdan qo‘rqib, bir vaqtlar ona sifatida, Meganning boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish taklifini qo‘llab—quvvatladi.

Katta akasi singari Garri ham bolaligi va yoshligida boshdan kechirgan og‘riqlar doirasini buzishga va o‘g‘li Archi va qizi Lilibetni o‘z tarbiyasidagi xatolardan himoya qilishga qaror qildi.

Keyt Middlton: “Men o‘zimni juda yolg‘iz his qildim”

Har doim ko‘zni qamashtiruvchi Ketrin tabassumini ko‘rgan odam uni qachondir depressiya bilan kurashganiga ishonmaydi. Ammo shahzoda Uilyamning rafiqasi ham sayyoradagi har o‘n ayoldan birining taqdirini chetlab o‘tmadi. Birinchi farzandi tug‘ilganida u tug‘ruqdan keyingi depressiyadan aziyat chekdi va bu haqda ochiq gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar tug‘ilishi u uchun katta baxt, lekin ayni paytda sinov ham.

Foto: Pinterest

“Men o‘zimni yolg‘iz his qildim, — dedi Keyt. — Hech narsa sizni onalik qiyinchiliklariga tayyorlay olmaydi. Bu o‘z-o‘zini hurmat qilishni sezilarli darajada kamaytiradi, chunki har bir kishi mukammal ona bo‘lishga intiladi”.

Keyt deyarli har bir ayol homiladorlik paytida va bola tug‘ilgandan keyin bir muncha vaqt o‘tgach psixologik muammolarga duch kelishiga amin. Jamiyat esa ularni qoralamasligi, balki yordam berishi kerak.

Meghan Markle: “So‘raganingiz uchun tashakkur!”

Shahzoda Garrining rafiqasi ham o‘g‘li Archi tug‘ilganida tug‘ruqdan keyingi depressiyaga duch keldi. Jurnalistlardan biri unga: “Yaxshimisiz?” degan noaniq savolni berganida, u ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib turgan.

Foto: Pinterest

— “So‘raganingiz uchun rahmat. Yaxshimiz, deb so‘raydiganlar ko‘p emas”, — degan edi u. Agar siz Sasseks gersoginyasi bo‘lsangiz va sizning eringiz shahzoda Garri bo‘lsa, ko‘pchilik hammasi a’lo bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaydi.

2021-yilning 1-iyulida, malika Diana 60 yoshga to‘lgan kuni shahzoda Uilyam va Garri onasining sharafiga qurilgan haykalni ochdi.

Foto: “Noviy ochag”

Malika Diananing o‘g‘illari nafaqat o‘z yaqinlarining, balki jamiyatning ruhiy salomatligi muammolariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Shahzodalar homiyligida bir qancha tashkilot va tibbiyot markazlari faoliyat yuritadi. Uilyam ham, Garri ham psixologik masalalarni ochiqroq muhokama qilishning tarafdori bo‘lib kelgan.