Oq rangli sochiq va choyshablarni yanada oppoq qilish haqida gap ketganda, ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgan bir nechta oddiy usullar mavjud, deb yozadi “Glavred”.

Foto: “Glavred”

Ishlatish vaqtida oppoq kiyim, choyshab va sochiqlar, afsuski, juda uzoq vaqt davomida o‘z rangini saqlab qolmaydi. Vaqt o‘tishi bilan ular avvalgi oqligini yo‘qotishi, sarg‘ayishi, kulrang tusga kirishi mumkin. Ammo uy shaoitida oddiy vositalar yordamida ushbu muammoni bartaraf etish juda oson.

Limon sharbati va ichimlik sodasi

Mahsulotlarning oddiy kombinatsiyasi choyshab va sochiqlarni keskin oqartirishga yordam beradi. Buning uchun iliq suvda iste’mol sodasi va limon sharbatini eritib, keyin aralashma bilan oq kiyimlarni namlash kerak. Buyumlar bu eritmada kamida 30 daqiqa turishi lozim. Shundan so‘ng uni kir yuvish mashinasida yoki qo‘lda yuvish tavsiya etiladi.

Limon kislotasi

Oq kiyimdagi dog‘larni ham limon kislotasi yordamida tozalash mumkin. Buning uchun bir paket limon kislotasi oz miqdordagi suvda suyultirilishi kerak va bu aralashma idishga quyiladi. Kiyimlar aralashmada bir necha soat davomida qoldiriladi va keyin yaxshilab yuviladi.

Vodorod perekis va nashatir spirt

5 litr suvda 1 osh qoshiq nashatir spirt va 2 osh qoshiq vodorod perekis eritiladi. Suyuqlik 60 darajaga qizdiriladi, shundan so‘ng oqartirilishi kerak bo‘lgan kiyimlar eritmaga solinadi. U 2-3 soat davomida namlash uchun qoldiriladi. So‘ngra kiyimlar to‘liq yuviladi.