Oddiy atirsovun poyabzaldagi yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishga yordam beradi, bu holat ko‘plab insonlarni bezovta qiladi va ular uchun jiddiy muammoga aylanadi.

Hech kimga sir emaski, kiyim-kechak yoqimli hidga ega bo‘lishi uchun shkafga xushbo‘y sovun qo‘yiladi. Xuddi shu kabi bu sovun poyabzaldagi hiddan qanday qilib tezda qutulish haqidagi savol paydo bo‘lganda yordam beradi.

Uyga kelganingizdan keyin darhol oyoq kiyimingizni yechib uning ichiga sovun soling. Uni bir kechada shunday holatda qoldirgan ma’qul, agar sizda ko‘p vaqt bo‘lmasa, kamida bir necha soat qoldirish kifoya qiladi.

Foto: “Glavred”

Yoqimsiz hiddan xalos bo‘lish uchun oddiy xushbo‘y hidga ega sovun va turli xil parfyumeriya qo‘shimchalari mavjud bo‘lgan variantlardan foydalanish mumkin. Sovundan foydalanganingizdan so‘ng u nafaqat yoqimsiz hiddan qutulishga, balki poyabzaldan o‘zingizga yoqqan hid taralishiga yordam beradi.

Bunday layfxak nafaqat vaqtni, balki energiyani ham tejaydi, chunki yana oyoq kiyimni yuvish shart bo‘lmaydi. Bu oyoq kiyimlarning holatini ham saqlab qoladi, chunki tez-tez yuvish poyabzalga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Mavzuga doir: