O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning 53 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 176 mingdan ziyodi umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

  • 83 006 nafari (47 foizi) — birinchi ta’lim yo‘nalishiga; 93 341 nafari (53 foizi) — ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

“Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi”, — deyiladi xabarda.