Ba’zida ukol qilingandan so‘ng inyeksiya joyida ko‘karishlar va og‘riydigan bezlar paydo bo‘ladi. Biroq ular paydo bo‘lishining sababini bilib, buning oldini olish mumkin. Wday nashri nima sababdan ukoldan so‘ng ko‘karishlar paydo bo‘lishi va ulardan qanday xalos bo‘lish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Wday

Nima uchun ukol qilingandan so‘ng ko‘karishlar paydo bo‘ladi?

Har qanday inyeksiya terining shikastlanishi hisoblanadi, har bir organizm uni o‘zida boshqacha namoyon qiladi. Inyeksiya paytida tomirlarning yaxlitligi buziladi, qon inyeksiya joyida to‘planadi. Agar bu vaqtda mushak juda tarang bo‘lsa, natijada ko‘karish paydo bo‘ladi.

Ko‘karishlar bilan birga, inyeksiya joyida ko‘pincha og‘riqli bezlar paydo bo‘ladi yoki terining aynan o‘sha joyi qattiqlashadi. Bu dori to‘qimalar orqali yaxshi tarqalmaganligi sababli sodir bo‘ladi. Buning bir qancha sabablari bor:

  • preparat juda sekin yoki juda tez qo‘llaniladi;
  • igna noto‘g‘ri kiritilishi tufayli tomirlarning devorlari shikastlanadi;
  • bemorning qoni yaxshi ivimaydi;
  • qon tomirlari terining yuzasiga juda yaqin joylashgan bo‘lsa;
  • bemor uzoq vaqt davomida qonni suyultiruvchi dorilarni qabul qilgan bo‘lsa shu kabi holatlar yuzaga keladi.

Bundan tashqari, ko‘karishlar va gematomalar paydo bo‘lishining sabablaridan biri sifatsiz shpritsdir. Agar dori sovuq bo‘lsa, u to‘qimalarda yaxshi taqsimlanmaydi.

Ukoldan keyin paydo bo‘lgan ko‘karishlardan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin?

Ko‘karishlarning oldini olish uchun ukol kursidan oldin A va C vitaminlarini ichish tavsiya etiladi —ular qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Ukoldan so‘ng darhol o‘tirish yoki yotish kerak emas — dori tezroq tarqalishi uchun biroz yurish tavsiya etiladi.

Agar ko‘karishlar ketmayotgan bo‘lsa, ulardan qanday qilib tezda qutulish kerakligini bilish shifokorga murojaat qiling. Mustaqil ravishda vaziyatni yengillashtirishingiz va gematomalardan xalq tabobati vositalari yordamida qutulishingiz mumkin.

  • Ko‘karishlar to‘liq yo‘qolguncha ukol qilingan joyga yod surtiladi.
  • Yengil massaj gematomalarning rezorbsiyasini tezlashtiradi.
  • Asal bilan karam bargi kompressi ukol joyiga qo‘llaniladi va bir kecha shu tarzda qoldiriladi.
  • Yallig‘langan joyga tunda yuz terisi uchun qo‘llaniladigan yashil loy (zelyonoy glini) , suv va tuzdan tayyorlangan aralashmani qo‘ying.

Dorixonadagi mazlar ko‘karishlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo barcha vositalarni ishlatmang, bitta retseptni tanlang.

Agar ko‘karishlar ketmasa va ukol joyida yiringli yallig‘lanish paydo bo‘lsa, tana harorati ko‘tariladi, keyin xo‘ppoz paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda, darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak, o‘zingizni o‘zingiz davolashingiz faqatgina vaziyatning murakkablashishiga olib  keladi.

Inyeksiyadan keyin ko‘karishlarning paydo bo‘lishi — yoqimsiz vaziyat hisoblanadi. Biroq ularning yo‘qolishini kutmang. Albatta chora ko‘ring, agar kerak bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.

Mavzuga doir: Nima uchun venaga issiq ukol qilinadi va uning qanday foydasi bor?