Qandli diabet kasalligining ikki toifasi bilan og‘rigan insonlar kundalik ovqatlanish tartibiga moychechak damlamasini kiritishi kerak: Aberistuit universiteti va Yaponiya mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bu ichimlik nafaqat qondagi glyukoza miqdorini pasaytiradi, balki qandli diabetni yuzaga keltiruvchi asoratlarni ham yengadi.

Foto: “Noviy ochag”

Tajribalar moychechak damlamasi ko‘rishning yomonlashuvi, buyrak kasalligi, asab va yurak-qon tomir tizimlarining faoliyati buzilishi, giperglikemiya kabi asoratlarni bartaraf etishini tasdiqladi.

Foto: “Noviy ochag”

Tajriba ishtirokchilari uch hafta davomida kuniga ikki stakan moychechak damlamasini ichgan. Natijada ularning aksariyatida qondagi glyukoza darajasi 25 foizga kamaygan. Maksimal ta’sirga erishish uchun tajriba asoschilari kuniga ikki stakan moychechak damlamasini ichishni tavsiya qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Mavzuga doir: