O‘zbekistonda 1—11-sentabr kunlari bozorlarda qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

Ushbu davr mobaynida bozorda piyoz 250 so‘mga va limon 11 ming so‘mga arzonlagan bo‘lsa, kivi 2,5 ming so‘mga hamda lavlagi 750 so‘mga oshgan.

Joriy yilning 1—18-sentabr kunlari umumiy qiymati 60,6 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,6 mln dollar ko‘p) jami 76,4 ming tonna (5,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur davrda tashqi bozorlarga:

  • 37,6 ming tonna uzum;
  • 6,4 ming tonna qovun;
  • 5,1 ming tonna xurmo;
  • 3,5 ming tonna loviya;
  • 2,5 ming tonna quritilgan meva;
  • 2,4 ming tonna anor;
  • 1,9 ming tonna nok;
  • 1,8 ming tonna mayiz;
  • 1,7 ming tonna piyoz yetkazib berilgan.

Ushbu davr mobaynida 6,6 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 34,2 ming tonna (25,3 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 22,4 ming tonna banan, 8,5 ming tonna kartoshka, 232 tonna apelsin hamda 133 tonna limon import qilingan.

“Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 18,9 ming tonna, xususan, 8,2 ming tonna kartoshka, 8,1 ming tonna piyoz, 548 tonna karam va 2,1 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 3 583 tonna kartoshka va 177 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1—18-sentabr kunlari jami 193,8 tonna, jumladan, 165,7 tonna mol go‘shti va 28,1 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.