Amerikaning R&B qo‘shiqchisi Beyonse birinchi marta 2010-yilda turmush o‘rtog‘i reper Jay-Z bilan birga Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Xonanda oradan ko‘p o‘tmay, 2022-yil o‘ninchi marta Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Pinterest

Beyonsening so‘nggi olti yil ichida uzoq kutilgan yettinchi “Renaissance” yakkaxon albomining chiqishi bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim rekordlarni yangiladi.

Xususan, xonanda 2022-yil o‘z faoliyatidagi eng katta mablag‘ni ishlab topdi va oldingi oltita albomi mashhur “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, xonandalardan Billi Aylish ham Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U ikkita yangi nominatsiya bo‘yicha rekord natijani qayd etdi. Shu bilan birga, xonanda “No Time to Die” taronasi uchun “Oskar”, “Oltin globus” va “Gremmi” mukofotlarini oldi.