Germaniya Ukrainaga yana oltita Gepard o‘ziyurar zenit qurollarini yubordi, deya xabar beradi “RBK”. Endilikda Ukraina Qurolli kuchlarida xizmat ko‘rsatadigan ushbu turdagi uskunalarning umumiy soni 30 taga yetdi.

Foto: “RBK”

Ukrainaga harbiy yordam yuborilgani haqida Germaniya federal kansleri saytidagi hisobotda aytildi.

Zenit qurollar bilan birgalikda Berlin Ukraina armiyasiga 6000 ta o‘q-dori yetkazib berdi.

“30 ta Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, shu jumladan, 6000 ga yaqin o‘q-dorilar", — deyiladi hafta davomida yuborilgan qurollar miqdori haqidagi xabarda.

Shuningdek, Kiyev Germaniyadan 3000 ta 155 mm kalibrli snaryadlar, xususan, 1000 ta signal va 2000 ta tutun snaryadlari olgan.

Mavzuga doir: