Moskva janubida yong‘indan ayolni qutqarib qolgan o‘zbekistonlik Oybek Eshtemirovga mukofot topshirildi, deb yozadi “tvc.ru”.

Foto: “tvc.ru”

24 yoshli svetofor o‘rnatuvchisi Qizil mayoq ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy yonidan o‘tib ketayotib, xonadondagi yong‘in ichida qolgan ayolni ko‘rib qoladi. Yigit bir soniya ham ikkilanmasdan, qo‘shni balkonga chiqadi va panjara ustidan derazani sindirgach, jabrlanuvchini boshqa balkonga sudrab olib, o‘t o‘chiruvchilar kelishini kutgan.

Vaziyat haqida gapirar ekan, Oybek Eshtemirov umuman qo‘rquvga tushmaganini aytdi.

“O‘sha paytda men qo‘rqmasdim, o‘ylashga vaqtim ham yo‘q edi, men hamisha yordamga tayyorman. Biz hammamiz insonmiz, o‘zbek xalqi bizni shunday tarbiyalagan, qolaversa, ota-onam ham. Shuning uchun ham yordam berdim,” — dedi Eshtemirov.