Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga muvofiq:

  • quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Solar cluster” klasteri doirasida investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi;
  • mazkur loyihalarni joylashtirish uchun “Chiroqchi” EIZdagi (Qashqadaryo viloyati) yer uchastkalari belgilangan boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdoridagi narx bilan elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
  • vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va yirik sanoat korxonalari tomonidan muqobil energiya manbalarini loyihalashtirish va qurilmalarni xarid qilish davlat xaridlari elektron tizimida mahalliy korxonalar orasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra ishlab chiqaruvchilarga oldindan to‘lov shartisiz fyuchers kontraktlari asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, fyuchers kontraktiga ko‘ra sotuvchi tovarni (aktivni) shartnoma tuzilgan paytdagi narx bo‘yicha kelgusida yetkazib berish majburiyatini oladi. Investitsiya loyihalari ro‘yxatida 5 ta kompaniya ko‘rsatilgan bo‘lib, loyihalarning umumiy qiymati 38,7 million dollar miqdorida baholanadi. Loyihalar doirasida 500 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21-sentabrda kuchga kirdi.

Mavzuga doir: