23-sentabr kuni Rossiya shaharlarida Ukrainaning bosib olingan viloyatlarining “Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlar”ni qo‘llab-quvvatlovchi mitinglar bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar beradi Meduza.

Foto: “Sota”

OAV xabarlariga ko‘ra, mitinglarga davlat xizmatchilari va talabalar, shuningdek, siyosiy partiyalar faollari jalb qilinmoqda. Internetda Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Arxangelsk kabi shaharlarda o‘tkazilayotgan namoyish videolari tarqaldi.

Manbaning xabar berishicha, Xabarovsk, Omsk, Saratov, Yakutsk, Novosibirsk, Voronej, Ufa, Stavropol, Moskva, Penza va Yoshkar-Ola kabi o‘nlab shaharlardan kelgan talabalar mitingga majburan jalb qilingan.

Ehtimollarga ko‘ra, o‘quvchilarga mitingda qatnashgani uchun pul va qo‘shimcha imtiyozlar taklif qilinmoqda, deb yoziladi manbada.