Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyadagi safarbarlikka qarshi bo‘lgan rus fuqarolariga keskin murojaat qildi. U Telegram-kanalidagi murojaatida safarbarlikdan bosh tortganlarni xoin deb atadi.

Foto: “Kadyrov_95”

Sen turli bahonalar o‘ylab toparsan. Hozirgi siyosatni qo‘llab-quvvatlamasligingni aytarsan. Urush g‘oyasi va qurol tushunchasi senga begona ekanligi yoki zo‘ravonlikni shunchaki qabul qilmasliging haqida ertak to‘qishing ham mumkin. Lekin bilib qo‘yki, sen shunchaki qo‘rqoq, xoin va ikkinchi darajali odamsan.

Davlatga muhtoj bo‘lganingda, o‘z huquqlaring hurmat qilinishini talab qiladigan katta harf bilan “Fuqaro”san va Rossiya konstitutsiyasining ikkinchi bobini barmog‘ing bilan ko‘rsatishni yaxshi ko‘rasan. Komfort zonangni kengaytirmoqchi bo‘lsang, vatan haqida og‘iz ko‘pirtirasan.

Lekin davlat sening qo‘llab-quvvatlashingga muhtoj bo‘lib, seni chaqirganda-chi? Yo‘q, sen davlatdan minnatdor emassan, xalqqa sodiq bo‘lging kelmayapti. Oddiygina qo‘rqoqsan, qarindoshlaring, do‘stlaring, tanishlaring, uying, shahring qolib, quyon qalbingning qulisan.

Bu sharmandaligingni hech qanday bahona yuvmaydi, qo‘rqoq. Sen hatto qo‘rqoqligingni tan olishdan ham qo‘rqasan.

Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

Mavzuga doir: